QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
An-Nisa surasi · Oyatсураси · Оят79

مَّآ أَصَابَكَ مِنْ حَسَنَةٍ فَمِنَ ٱللَّهِ ۖ وَمَآ أَصَابَكَ مِن سَيِّئَةٍ فَمِن نَّفْسِكَ ۚ وَأَرْسَلْنَـٰكَ لِلنَّاسِ رَسُولًا ۚ وَكَفَىٰ بِٱللَّهِ شَهِيدًا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Senga yetgan yaxshilik Allohdandir. Va senga yetgan yomonlik nafsingdandir. Biz seni odamlarga Payg`ambar qilib yubordik. Shohidlikka Allohning O`zi kifoya qilur.Сенга етган яхшилик Аллоҳдандир. Ва сенга етган ёмонлик нафсингдандир. Биз сени одамларга Пайғамбар қилиб юбордик. Шоҳидликка Аллоҳнинг Ўзи кифоя қилур.Alauddin Mansour: (Ey inson), senga yetgan har qanday yaxshilik faqat Allohdandir. Senga yetgan har qanday yomonlik esa oʻzingning qilmishingdandir. (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), sizni Biz odamlarga paygʻambar qilib yubordik. Bunga Allohning oʻzi yetarli guvohdir.(Эй инсон), сенга етган ҳар қандай яхшилик фақат Аллоҳдандир. Сенга етган ҳар қандай ёмонлик эса ўзингнинг қилмишингдандир. (Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), сизни Биз одамларга пайғамбар қилиб юбордик. Бунга Аллоҳнинг ўзи етарли гувоҳдир.

90-sahifa · 5-juz · 9-hizb90-саҳифа · 5-жуз · 9-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
مَّآnimaнимаأَصَابَكَsenga yetganсенга етганمِنْ-dan-данحَسَنَةٍۢyaxshilikяхшиликفَمِنَbas, -dandirбас, -дандирٱللَّهِ ۖAllohАллоҳوَمَآva nimaва нимаأَصَابَكَsenga yetganсенга етганمِن-dan-данسَيِّئَةٍۢyomonlikёмонликفَمِنbas, -dandirбас, -дандирنَّفْسِكَ ۚoʻzingўзингوَأَرْسَلْنَـٰكَva Biz seni yubordikва Биз сени юбордикلِلنَّاسِodamlargaодамларгаرَسُولًۭا ۚPaygʻambar qilibПайғамбар қилибوَكَفَىٰva kifoya qilurва кифоя қилурبِٱللَّهِAllohning OʻziАллоҳнинг Ўзиشَهِيدًۭاshohidlikkaшоҳидликка
TafsirТафсир

Bu oyatda yana bir haqiqatning bayoni kelmoqda. U ham boʻlsa, insonning bu dunyoda qiladigan ishlaridan hosil boʻladigan mahsulning nisbati. Bu mahsul ham bu dunyoga, ham u dunyoga tegishlidir. Alloh taolo bandalariga ikki dunyo saodatiga erishish yoʻlini koʻrsatib, qilinishi lozim boʻlgan ishlarni bayon etib, qilinmasligi lozim boʻlgan ishlarni ham koʻrsatib qoʻygan. Inson Alloh koʻrsatgan oʻsha yoʻldan yursa, yaxshilikni qilib, yomonlikdan qaytsa, Alloh taolo uni qoʻllab-quvvatlaydi va zafarga erishtiradi.

Bu holda inson Alloh koʻrsatgan yoʻldan yurdi, Uning shariatiga amal qildi, Uning madadi ila faoliyat koʻrsatdi, U koʻrsatgan yaxshilikni qildi va yomonlikdan chetlandi. Natijada yaxshilikka erishdi. Albatta, bu yaxshilik Allohdandir.

Ammo, inson Allohning yoʻlidan yurmasa, U bergan aqlni toʻgʻrilikcha ishlatmasa, Uning shariatiga amal qilmasa, buyurgan yaxshiligini bajarmasa, qaytargan yomonlikdan qaytmasa, oʻzidan koʻrsin– oqibat albatta yomon boʻladi. Bu yomonlikka uning oʻzi sababchidir.

Soʻngra, oyatda Paygʻambar alayhissalomning haqiqiy vazifalari bayon qilinadi. Hamma ish Allohga qaytishini anglatadi:

«Biz seni odamlarga Paygʻambar qilib yubordik. Shohidlikka Allohning Oʻzi kifoya qilur».

Sening vazifang Paygʻambarlik–elchilik qilish. Odamlarga yaxshilik yoki yomonlik yetkazish emas. Hammasiga Allohning Oʻzi shohid. Shohidlikka esa, Allohning Oʻzi kifoya qilur.

Soʻng, musulmonlar safida paydo boʻlgan noqulay holat muolaja qilinadi: