مَّن يُطِعِ ٱلرَّسُولَ فَقَدْ أَطَاعَ ٱللَّهَ ۖ وَمَن تَوَلَّىٰ فَمَآ أَرْسَلْنَـٰكَ عَلَيْهِمْ حَفِيظًا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Kim Payg`ambarga itoat qilsa, Allohga itoat qilgan bo`lur. Kim yuz o`girsa, Biz seni ularga qo`riqchi qilib yuborganimiz yo`q.Ким Пайғамбарга итоат қилса, Аллоҳга итоат қилган бўлур. Ким юз ўгирса, Биз сени уларга қўриқчи қилиб юборганимиз йўқ.Alauddin Mansour: Kimki paygʻambarga itoat etsa, demak, Allohga itoat etibdi. Kimki yuz oʻgirsa (buning sizga zarari yoʻqdir. Zero), Biz sizni ularning ustiga qoʻriqchi qilib yuborganimiz yoʻq.Кимки пайғамбарга итоат этса, демак, Аллоҳга итоат этибди. Кимки юз ўгирса (бунинг сизга зарари йўқдир. Зеро), Биз сизни уларнинг устига қўриқчи қилиб юборганимиз йўқ.
Paygʻambar Allohning elchisi, u bandalarga Allohning amrini yetkazadi. Oʻzidan bir narsani qoʻshmaydi. Shuning uchun, kishilar Paygʻambarga itoat qilishlari zarur. Ularning Paygʻambarlarga itoat qilganlari Allohga itoat qilganlaridir. Kim itoat qilmay yuz oʻgirib ketsa, ketaversin, Paygʻambar ularga qoʻriqchi qilib yuborilmagan. Paygʻambarning vazifasi Allohning amrlarini yetkazib, elchilik qilishdir, xolos.