وَيَقُولُونَ طَاعَةٌ فَإِذَا بَرَزُوا۟ مِنْ عِندِكَ بَيَّتَ طَآئِفَةٌ مِّنْهُمْ غَيْرَ ٱلَّذِى تَقُولُ ۖ وَٱللَّهُ يَكْتُبُ مَا يُبَيِّتُونَ ۖ فَأَعْرِضْ عَنْهُمْ وَتَوَكَّلْ عَلَى ٱللَّهِ ۚ وَكَفَىٰ بِٱللَّهِ وَكِيلًا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ular, itoat, derlar. Huzuringdan chiqqach esa, bir toifalari aytganingdan boshqaga xufyona til biriktirarlar. Alloh xufyona til biriktirgan narsalarini yozib qo`yadir. Bas, ulardan yuz o`gir va Allohga tavakkal qil. Vakillikka Allohning O`zi kifoya qilur.Улар, итоат, дерлар. Ҳузурингдан чиққач эса, бир тоифалари айтганингдан бошқага хуфёна тил бириктирарлар. Аллоҳ хуфёна тил бириктирган нарсаларини ёзиб қўядир. Бас, улардан юз ўгир ва Аллоҳга таваккал қил. Вакилликка Аллоҳнинг Ўзи кифоя қилур.Alauddin Mansour: Ular «Itoat etamiz», deydilaru huzuringizdan chiqqanlaridan keyin esa ulardan bir toifasi siz aytgan gaplarning aksiga xufyona til biriktiradilar. Alloh esa ularning xufyona kelishuvlarini yozib qoʻyur. Bas, siz ulardan yuz oʻgirib, Allohga tavakkul qiling. Allohning oʻzi yetarli vakildir.Улар «Итоат этамиз», дейдилару ҳузурингиздан чиққанларидан кейин эса улардан бир тоифаси сиз айтган гапларнинг аксига хуфёна тил бириктирадилар. Аллоҳ эса уларнинг хуфёна келишувларини ёзиб қўюр. Бас, сиз улардан юз ўгириб, Аллоҳга таваккул қилинг. Аллоҳнинг ўзи етарли вакилдир.
Oyati karima «Ular» deb aytayotgan kishilar–munofiqlardir. Ular Paygʻambar alayhissalom huzurlarida turganlarida u kishi Qurʼon oyatlarini oʻqib bersalar, Allohning amrlarini yetkazsalar, oʻzlari baʼzi farmonlar bersalar, qisqa qilib «itoat», deyishadi.
«Ular, itoat, derlar».
Tortishib oʻtirmaydilar, muhokama qilmaydilar. Balki, oʻzlarini xuddi hamma narsani soʻzsiz bajarishga tayyordek koʻrsatib, qisqacha «itoat» deydilar. «Itoat»dan boshqa niyat yoʻq, deb koʻrsatmoqchi boʻladilar. Aslida esa, maqsadlari boshqa, shuning uchun ham, Paygʻambar alayhissalomning huzurlaridan chiqishganidan soʻng «itoat»ni unutib, boshqacha ish tutishadi.
«Huzuringdan chiqqach esa, bir toifalari aytganidan boshqaga xufyona til biriktirarlar».
Bu hol juda xatarli boʻlib, musulmonlar safini ichkaridan zaiflashtiradi. Bu har qanday tashqi dushmandan koʻra xavfliroq. Ammo Alloh taolo Paygʻambar sollallohu alayhi vasallamni va muxlis musulmonlarning koʻngillarini tinchlantirib:
«Alloh xufyona til biriktirgan narsalarini yozib qoʻyadir», deydi.
Demak, Oʻzi bilib ularning jazosini beradi. Paygʻambar sollallohu alayhi vasallam va musulmonlarga esa, quyidagilarni amr qiladi:
«Bas, ulardan yuz oʻgir va Allohga tavakkal qil. Vakillikka Allohning Oʻzi kifoya qilur».
Oʻsha vaqtda munofiqlarning sirtqi hollariga qarab hukm qilinar edi. Koʻngillarida nima borligidan bahs etilmasdi. Shuning uchun ham, ularning ishlariga eʼtibor bermay, Allohga tavakkal qilib ish yuritaverishga buyurilmoqdalar. Allohning Oʻzi vakillikka kifoyadir.
Kelasi oyatda notoʻgʻri yoʻlga kirgan mazkur toifalar toʻgʻri yoʻlni topish uchun nimalar qilishlari lozimligining bayoni keladi: