QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
An-Nisa surasi · Oyatсураси · Оят82

أَفَلَا يَتَدَبَّرُونَ ٱلْقُرْءَانَ ۚ وَلَوْ كَانَ مِنْ عِندِ غَيْرِ ٱللَّهِ لَوَجَدُوا۟ فِيهِ ٱخْتِلَـٰفًا كَثِيرًا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Qur'onni tadabbur etib ko`rmaydilarmi?! Agar u Allohdan boshqaning huzuridan bo`lganida, undan ko`p ixtiloflar topar edilar.Қуръонни тадаббур этиб кўрмайдиларми?! Агар у Аллоҳдан бошқанинг ҳузуридан бўлганида, ундан кўп ихтилофлар топар эдилар.Alauddin Mansour: Axir ular Qurʼon haqida fikr yuritmaydilarmi?! Agar u Allohdan boshqa birov tomonidan boʻlsa edi, unda koʻp qarama-qarshiliklarni topgan boʻlar edilar-ku?!Ахир улар Қуръон ҳақида фикр юритмайдиларми?! Агар у Аллоҳдан бошқа биров томонидан бўлса эди, унда кўп қарама-қаршиликларни топган бўлар эдилар-ку?!

91-sahifa · 5-juz · 9-hizb91-саҳифа · 5-жуз · 9-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
أَفَلَاaxir emasmiахир эмасмиيَتَدَبَّرُونَtadabbur etib koʻradilarтадаббур этиб кўрадиларٱلْقُرْءَانَ ۚQurʼonniҚуръонниوَلَوْva agarва агарكَانَboʻlgandaбўлгандаمِنْ-dan-данعِندِhuzuriҳузуриغَيْرِboshqaningбошқанингٱللَّهِAllohdanАллоҳданلَوَجَدُوا۟albatta, topar edilarалбатта, топар эдиларفِيهِundanунданٱخْتِلَـٰفًۭاixtiloflarихтилофларكَثِيرًۭاkoʻpкўп
TafsirТафсир

Qurʼonni tadabbur qilish, yaʼni, uni chuqurroq anglashga intilish juda zarur ishdir. Islomni bilmoqchi boʻlgan odam, haqiqatni anglamoqchi boʻlgan shaxs bevosita Qurʼoni Karimga murojaat qilmogʻi kerak. Qurʼonga murojaat etib, uni tadabbur qilib koʻrgan odam haqiqatni anglab yetadi. U ilohiy kitobdir, uning ilohiyligini tadabbur qilgan odam buni darhol anglaydi. Chunki Qurʼonni jiddiy oʻrganishga kirishgan odam unda hech qanday ziddiyat yoʻqligini payqaydi.

«Agar u Allohdan boshqaning huzuridan boʻlganda, undan koʻp ixtiloflar topar edilar».

Albatta, inson aqli yetganicha oʻrganadi. Hech kim: «Men Qurʼonni oxirigacha fahm etdim, bundan boshqa tushuncha boʻlishi mumkin emas», deya olmaydi.

Qurʼon ilohiy moʻʼjiza, inson esa, uning qarshisida ojizdir. Oʻsha ojiz inson oʻzining ojizona aqli ila koʻpgina Qurʼoniy haqiqatlarni kashf etadi. Bu esa, uning hidoyatiga sabab boʻladi.

Tajribada sobit boʻlishicha, baʼzi insonlarning hidoyat yoʻliga tushishiga birgina oyatni tadabbur qilish ham kifoya qilmoqda.

Qurʼoni Karim kelasi oyatida musulmonlar ichidagi yana bir toifaning holini bayon etadi: