QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
An-Nisa surasi · Oyatсураси · Оят83

وَإِذَا جَآءَهُمْ أَمْرٌ مِّنَ ٱلْأَمْنِ أَوِ ٱلْخَوْفِ أَذَاعُوا۟ بِهِۦ ۖ وَلَوْ رَدُّوهُ إِلَى ٱلرَّسُولِ وَإِلَىٰٓ أُو۟لِى ٱلْأَمْرِ مِنْهُمْ لَعَلِمَهُ ٱلَّذِينَ يَسْتَنۢبِطُونَهُۥ مِنْهُمْ ۗ وَلَوْلَا فَضْلُ ٱللَّهِ عَلَيْكُمْ وَرَحْمَتُهُۥ لَٱتَّبَعْتُمُ ٱلشَّيْطَـٰنَ إِلَّا قَلِيلًا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Qachonki ularga eminlik yoki haq to`g`risida bir ish — xabar yetsa, uni taraturlar. Agar uni Payg`ambarga va o`zlaridan bo`lgan ishboshilarga havola qilganlarida edi, ulardan ish negizini biladiganlari uni anglab yetar edilar. Allohning fazli va marhamati bo`lmaganda, ozginangizdan boshqangiz shaytonga ergashib ketar edingiz.Қачонки уларга эминлик ёки ҳақ тўғрисида бир иш — хабар етса, уни таратурлар. Агар уни Пайғамбарга ва ўзларидан бўлган ишбошиларга ҳавола қилганларида эди, улардан иш негизини биладиганлари уни англаб етар эдилар. Аллоҳнинг фазли ва марҳамати бўлмаганда, озгинангиздан бошқангиз шайтонга эргашиб кетар эдингиз.Alauddin Mansour: Qachon ularga (jangga ketgan musulmon askarlar haqida) tinchlik yoki xavf-xatar (yaʼni, gʻalaba yoki magʻlubiyat) xabari kelsa, uni yoyib yuboradilar. Agar (ular oʻzlariga kelgan xabarni har kimga yoyib yurmasdan) Paygʻambarga va oʻzlaridan boʻlgan boshliqlargagina yetkazganlarida edi, uni (yaʼni, mana shu xabarning haqiqatini) bilmoqchi boʻlgan kishilar oʻshalardan bilgan boʻlar edilar. Agar sizlarga Allohning fazlu marhamati boʻlmasa edi, (yaʼni, Alloh oʻz marhamati bilan sizlarni iymonda ustivor qilmasa edi) ayrim kishilardan tashqari hammangiz shaytonga ergashib ketar edingiz.Қачон уларга (жангга кетган мусулмон аскарлар ҳақида) тинчлик ёки хавф-хатар (яъни, ғалаба ёки мағлубият) хабари келса, уни ёйиб юборадилар. Агар (улар ўзларига келган хабарни ҳар кимга ёйиб юрмасдан) Пайғамбарга ва ўзларидан бўлган бошлиқларгагина етказганларида эди, уни (яъни, мана шу хабарнинг ҳақиқатини) билмоқчи бўлган кишилар ўшалардан билган бўлар эдилар. Агар сизларга Аллоҳнинг фазлу марҳамати бўлмаса эди, (яъни, Аллоҳ ўз марҳамати билан сизларни иймонда устивор қилмаса эди) айрим кишилардан ташқари ҳаммангиз шайтонга эргашиб кетар эдингиз.

91-sahifa · 5-juz · 9-hizb91-саҳифа · 5-жуз · 9-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَإِذَاva qachonkiва қачонкиجَآءَهُمْularga yetsaуларга етсаأَمْرٌۭbir ish–xabarбир иш–хабарمِّنَ-dan-данٱلْأَمْنِeminlikэминликأَوِyokiёкиٱلْخَوْفِxavf (qoʻrquv)хавф (қўрқув)أَذَاعُوا۟taratadilarтаратадиларبِهِۦ ۖuniуниوَلَوْva agarва агарرَدُّوهُuni havola qilganlaridaуни ҳавола қилганларидаإِلَى-ga-гаٱلرَّسُولِPaygʻambargaПайғамбаргаوَإِلَىٰٓva -gaва -гаأُو۟لِىsohiblarigaсоҳибларигаٱلْأَمْرِishишمِنْهُمْoʻzlaridanўзлариданلَعَلِمَهُalbatta, uni anglab yetar edilarалбатта, уни англаб етар эдиларٱلَّذِينَularуларيَسْتَنۢبِطُونَهُۥish negizini biladiganlariиш негизини биладиганлариمِنْهُمْ ۗulardanуларданوَلَوْلَاva agar boʻlmagandaва агар бўлмагандаفَضْلُfazliфазлиٱللَّهِAllohningАллоҳнингعَلَيْكُمْsizlargaсизларгаوَرَحْمَتُهُۥva Uning marhamatiва Унинг марҳаматиلَٱتَّبَعْتُمُalbatta, ergashib ketar edingizалбатта, эргашиб кетар эдингизٱلشَّيْطَـٰنَshaytongaшайтонгаإِلَّاmagarмагарقَلِيلًۭاozginangizозгинангиз
TafsirТафсир

Ushbu oyati karimada vasf etilayotgan holat ham har bir jamiyatni ichidan zaiflashtiradigan ishdir. Xususan, musulmonlarning ichiga gʻulgʻula solish, ularning orasida ixtilof chiqarish, ularning safini buzish va zaiflashtirish uchun dushmanlar tomonidan qoʻllab kelinayotgan uslubdir. Dushmanlarning bu uslubni qoʻllashlariga bosh sabab va imkoniyat musulmonlardagi mavjud kamchilikdir. Chunki ular:

«Qachonki ularga eminlik yoki haq toʻgʻrisida bir ish–xabar yetsa, uni taraturlar».

Baʼzi kishilar biror xabarni eshitishlari bilan hamma yoqqa tarqatishga shoshiladilar. Bundan musulmonlarga foyda bormi, zarar bormi–oʻylab oʻtirmaydilar. Mazkur xabarni tarqatish musulmonlar uchun yaxshimi yoki tarqatmaslik yaxshimi–oʻylab koʻrmaydilar. Oqibatda, dushmanlar «sovuq urush» (qurolsiz urush) deb nomlangan qabohatni ishga solib, turli-tuman yolgʻonlarni toʻqib chiqaradilar. Musulmonlar ichida gʻulgʻula, kelishmovchilik tarqatadilar. Ruhiy, maʼnaviy quvvatlarini sindiradilar. Agar musulmonlar oʻz dinlariga amal qilsalar, bunday laqmalik, nodonlik qilmas edilar. Eshitgan gaplarini darhol yoymas edilar. Chunki, Islom hukmi boʻyicha, eshitgan gapini tarqataverish mumkin emas.

Imom Muslim Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda Paygʻambarimiz:

«Kishining yolgʻonchiligiga har eshitgan narsasini gapiraverishi kifoya qiladi», deganlar.

Boshqa bir hadisda esa:

«Birov oʻzi yolgʻon deb oʻylagan gapni gapirsa, u ikki yolgʻonchining biridir», deganlar.

Har bir musulmon gapning haqiqatini aniqlashda hazrati Umari Odil roziyallohu anhudan oʻrnak olishi lozim. U kishiga «Paygʻambar sollallohu alayhi vasallam oʻz xotinlarini taloq qilibdilar», degan xabar yetib borganda, ishonmasdan, bu xabarning haqiqatini bilish uchun uylaridan chiqib joʻnadilar. Masjidga kelsalar, odamlar xuddi shu gapni gaplashib oʻtirishibdi. Bunga ham ishonmadilar. Sabrlari chidamay, izn soʻrab Paygʻambarimizning huzurlariga kirdilar-da:

«Ey, Allohning Rasuli, xotinlaringizni taloq qildingizmi?» deb soʻradilar. U zot sollallohu alayhi vasallam:

«Yoʻq!» dedilar. Hazrati Umar masjid eshigiga chiqdilar-da, baland ovoz bilan:

«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam xotinlarini taloq qilmadilar!!!» deb baqirdilar.

Islom dushmanlari, munofiqlar Islom jamiyatiga zarar yetkazish, musulmonlar ichiga gʻulgʻula solish uchun eng nozik tomondan hujum boshlashgan edi. Musulmonlarning yoʻlboshchisi Paygʻambarning oilasi haqida boʻlmagʻur gap tarqatishgan edi. Buning fahmiga yetmagan odamlar esa, bu noxush xabarni har yonga tarata boshladilar. Hazrati Umardek buyuk qalb egasi bu xavfni idrok etdilar va haqiqatni yuzaga chiqarishga harakat qildilar.

Musulmonlar biror muhim xabarni eshitsalar, darhol atrofga tarqatishga harakat qilmasdan, boshqacha ish tutishlari lozim. Yaʼni,

«Agar uni Paygʻambarga va oʻzlaridan boʻlgan ishboshilarga havola qilganlarida edi, ulardan ish negizini biladiganlari uni anglab yetar edilar».

Demak, Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam tirikliklarida, u zot bor joylarida, haligiga oʻxshash xabarlarni u kishining oʻzlaridan soʻrashgani maʼqul. Shunda, u zot nima qilish kerakligini anglatar edilar.

Boshqa holatlarda esa, oʻzlaridan boʻlgan ishboshilarga havola qilishlari lozim. Albatta, ishboshilar bunga nisbatan chora qoʻllaydilar. Chunki, ularning ichida turli sohaning mutaxassislari, har bir ishning asl negiziga yetib borish, haqiqatni aniqlash imkoniga ega kimsalar bor. Ana oʻshalar mazkur xabarning ham negiziga yetadilar, ham tegishli chora-tadbirlarni ishlab chiqadilar. Natijada, behuda mish-mishlar tarqab, musulmonlar ichida turli tushunmovchiliklar paydo boʻlmaydi. Ularning ichlarida ixtiloflar chiqmaydi. Saflari buzilmaydi va jamiyatlari zaiflashmaydi.

Bu ishlarni koʻrsatib bergani, toʻgʻri yoʻlga yoʻllagani va ish uslubini koʻrsatgani musulmonlarga Allohning fazli va marhamatidir. Shunday qilmaganda ish chatoq boʻlar edi:

«Allohning fazli va marhamati boʻlmaganda, ozginangizdan boshqangiz shaytonga ergashib ketar edingiz».

Endi tayyorgarlik tugadi. Odamlar jangga chiqishdan ortda qolmaydigan qilib tayyorlandilar. Saflar mustahkam qilindi. Ichlaridan zaiflik tarqalishining ham oldi olindi. Endi boshlasa boʻlaveradi. Alloh taolo Oʻzining mahbub Paygʻambariga quyidagi xitobni qiladi: