مَّن يَشْفَعْ شَفَـٰعَةً حَسَنَةً يَكُن لَّهُۥ نَصِيبٌ مِّنْهَا ۖ وَمَن يَشْفَعْ شَفَـٰعَةً سَيِّئَةً يَكُن لَّهُۥ كِفْلٌ مِّنْهَا ۗ وَكَانَ ٱللَّهُ عَلَىٰ كُلِّ شَىْءٍ مُّقِيتًا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Kim yaxshi shafoat qilsa, undan o`z nasibasi bo`lur. Kim yomon shafoat qilsa, undan o`z nasibasi bo`lur. Alloh har bir narsaning bahosini beruvchi Zotdir.Ким яхши шафоат қилса, ундан ўз насибаси бўлур. Ким ёмон шафоат қилса, ундан ўз насибаси бўлур. Аллоҳ ҳар бир нарсанинг баҳосини берувчи Зотдир.Alauddin Mansour: Kim (odamlar orasida) chiroyli — haq taraf olish bilan taraf olsa, oʻziga ham uning savobidan bir ulush tegur. Kim nohaq taraf olish bilan taraf olsa, oʻzi uchun uning gunohidan bir ulush tegur. Alloh hamma narsaga qodir boʻlgan Zotdir.Ким (одамлар орасида) чиройли — ҳақ тараф олиш билан тараф олса, ўзига ҳам унинг савобидан бир улуш тегур. Ким ноҳақ тараф олиш билан тараф олса, ўзи учун унинг гуноҳидан бир улуш тегур. Аллоҳ ҳамма нарсага қодир бўлган Зотдир.
Arab tilida «shafoat» soʻzi bizda tanilgan maʼnodan koʻra kengroq maʼnoda ishlatiladi. Birovni boshqalar oldida oqlash uchun qilingan saʼy-harakat va gap-soʻz ham shafoat hisoblanadi. Inchunin, qoralash uchun qilingani ham. Shuningdek, bir ishning yaxshiligini tushuntirish uchun targʻib qilish, unga qiziqtirish yaxshi shafoat, oʻsha ishni yomon deb tushuntirish esa, yomon shafoat hisoblanadi.
Yuqoridagi oyatlarda gap jihod haqida ketayotgan boʻlsa ham bu oyatning hukmi umumiy boʻlgani uchun umumiy tarzda jihodga bogʻlamay zikr qilindi. Shu bilan birga, yaxshi shafoatga yana ham qiziqtirish, yomon shafoatdan yana ham qaytarish maqsadida «Alloh har bir narsaning bahosini beruvchi Zotdir», deb har bir kattayu kichik, yaxshiyu yomon shafoat oʻz bahosini Alloh tomonidan olishini eslatib qoʻydi.
Shafoatdan keyin jamiyatdagi aloqalarni yurgazib turuvchi, jamiyat aʼzolarining saviyasini bildirib turuvchi omil–salomlashish haqida soʻz ochiladi: