QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
An-Nisa surasi · Oyatсураси · Оят86

وَإِذَا حُيِّيتُم بِتَحِيَّةٍ فَحَيُّوا۟ بِأَحْسَنَ مِنْهَآ أَوْ رُدُّوهَآ ۗ إِنَّ ٱللَّهَ كَانَ عَلَىٰ كُلِّ شَىْءٍ حَسِيبًا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Qachonki sizga bir salomlashish ila salom berilsa, siz undan ko`ra yaxshiroq alik oling yoki xuddi o`zidek javob bering. Albatta, Alloh har bir narsaning hisobini oluvchi Zotdir.Қачонки сизга бир саломлашиш ила салом берилса, сиз ундан кўра яхшироқ алик олинг ёки худди ўзидек жавоб беринг. Албатта, Аллоҳ ҳар бир нарсанинг ҳисобини олувчи Зотдир.Alauddin Mansour: Qachon sizlarga biron ibora bilan salom berilsa, sizlar undan chiroyliroq qilib alik olinglar yoki (hech boʻlmasa) oʻsha iborani qaytaringlar. Albatta, Alloh hamma narsani hisobga olguvchi boʻlgan Zotdir.Қачон сизларга бирон ибора билан салом берилса, сизлар ундан чиройлироқ қилиб алик олинглар ёки (ҳеч бўлмаса) ўша иборани қайтаринглар. Албатта, Аллоҳ ҳамма нарсани ҳисобга олгувчи бўлган Зотдир.

91-sahifa · 5-juz · 9-hizb91-саҳифа · 5-жуз · 9-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَإِذَاva qachonkiва қачонкиحُيِّيتُمsizga salom berilsaсизга салом берилсаبِتَحِيَّةٍۢbir salomlashish ilaбир саломлашиш илаفَحَيُّوا۟bas, alik olingбас, алик олингبِأَحْسَنَyaxshirogʻi ilaяхшироғи илаمِنْهَآundan koʻraундан кўраأَوْyokiёкиرُدُّوهَآ ۗxuddi oʻzidek qaytaringхудди ўзидек қайтарингإِنَّalbattaалбаттаٱللَّهَAllohАллоҳكَانَerurэрурعَلَىٰ-ning-нингكُلِّhar birҳар бирشَىْءٍnarsaningнарсанингحَسِيبًاhisobini oluvchiҳисобини олувчи
TafsirТафсир

Har bir qavmning, har bir xalqning, har bir millatning oʻziga xos salomlashish uslubi bor. Salomlashish uslubi va iboralari hamda odatlari oʻsha xalqning qanday xalq ekanligidan darak berib turadi. Islomdagi salomlashish eng goʻzal va eng maʼnoli salomlashishdir. Islomda tanigangayu tanimaganga salom berish sunnatdir. Salomga alik olish esa, vojibdir.

Paygʻambar sollallohu alayhi vasallamdan:

«Qaysi amal eng yaxshi amaldir?» deb soʻralganda, u zot:

«Tanigan va tanimagan odamingga taom va salom bermogʻing», deb javob berganlar.

Ushbu oyati karimada salomlashishning ahamiyatli narsa ekani taʼkidlanib, berilgan salomga undan koʻra yaxshiroq yoki oʻziga barobar javob berishga amr etilmoqda. Bu amrga qanday amal qilishni Paygʻambarimizning sunnatlaridan oʻrganamiz.

Ibn Jarir qilgan rivoyatda Salmon al-Forsiy roziyallohu anhu quyidagilarni aytganlar:

«Bir odam Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamning oldilariga kelib:

«as-Salomu alayka, ya Rasululloh», dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam u odamga:

«Va alaykas-Salomu va rohmatullohi», dedilar. Keyin boshqa bir odam kelib:

«as-Salomu alayka, ya Rasulallohi va rohmatullohi», dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam unga:

«Va alaykas-Salomu va rohmatullohi va barokatuhu», dedilar. Soʻngra, yana boshqa bir odam kelib:

«as-Salomu alayka, ya Rasulallohi va rohmatullohi va barokatuhu», dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam unga:

«Va alaykas-Salomu va rohmatullohi va barokatuhu», dedilar. Shunda u odam:

«Ey, Allohning Rasuli, otam ham, onam ham sizga qurbon boʻlsin, huzuringizga falonchi falonchilar kelib salom berdilar. Siz ularga mendan koʻra yaxshiroq javob berdingiz?» deb soʻradi. Shunda Paygʻambar sollallohu alayhi vasallam:

«Sen menga hech narsani qoʻymading. Alloh: «Qachonki sizga bir salomlashish ila salom berilsa, siz undan koʻra yaxshiroq alik oling yoki oʻzidek javob bering», degan. Senga oʻzidek javob berdik, dedilar».

Salom berishning fazli haqida koʻplab hadisi shariflar mavjud.

Asrdosh ulamolarimizdan baʼzilari jihodga daʼvat qiluvchi, jangga undovchi oyatlar orasida salom (tinchlik) masalasi kelishidan Islomning asosiy qoidasi tinchlik ekanligini anglasa boʻladi, Islom–tinchlik dinidir, Islomda urush qilinsa-da, tinchlik uchun qilinadi, deyishgan.

Bundan keyin keladigan oyatlar majmuasida Islom tasavvurining asosiy qoidasi–tavhidning boshqalar bilan boʻladigan muomalalarda qanday qoʻllanishi kerakligi haqida soʻz ketadi.