ٱللَّهُ لَآ إِلَـٰهَ إِلَّا هُوَ ۚ لَيَجْمَعَنَّكُمْ إِلَىٰ يَوْمِ ٱلْقِيَـٰمَةِ لَا رَيْبَ فِيهِ ۗ وَمَنْ أَصْدَقُ مِنَ ٱللَّهِ حَدِيثًا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Allohdan o`zga ibodatga sazovor zot yo`q. U sizlarni qoim bo`lishida hech shubha yo`q qiyomat kuni albatta jamlaydir. Kim Allohdan ko`ra rostgo`yroq?!Аллоҳдан ўзга ибодатга сазовор зот йўқ. У сизларни қоим бўлишида ҳеч шубҳа йўқ қиёмат куни албатта жамлайдир. Ким Аллоҳдан кўра ростгўйроқ?!Alauddin Mansour: Yolgʻiz Allohdan oʻzga hech qanday iloh yoʻqdir. U sizlarni hech shak-shubhasiz, boʻlgan Qiyomat Kunida toʻplaydi. Allohdan koʻra rostgoʻyroq kim bor?!Ёлғиз Аллоҳдан ўзга ҳеч қандай илоҳ йўқдир. У сизларни ҳеч шак-шубҳасиз, бўлган Қиёмат Кунида тўплайди. Аллоҳдан кўра ростгўйроқ ким бор?!
Yaʼni, yagona Allohning Oʻzigina bandalarining ibodatiga loyiq Zotdir. Avvallari aytib oʻtilganidek, ibodat deganda namoz, roʻza, haj yoki zikr kabi amallarnigina tushunish kerak emas. Balki, Allohni rozi qiladigan hamma ish ibodatdir. Demak, dunyoda dasturiga, koʻrsatmasiga va yoʻllanmalariga amal qilishga sazovor zot Allohdir. Xuddi mana shu tushuncha asosida boshqa tushunchalar ham kelib chiqadi. Kim Allohni ibodatga sazovor yagona Zot, deb eʼtiqod qilsa va hayoti davomida faqat Allohning aytganini qilib yashasa, uning koʻrsatmasidan chiqmasa, tavhidga amal qilgan boʻladi. Hamda qiyomat kuni mukofotini oladi. Kim bunga amal qilmasa, jazosini oladi. Bunga shubha yoʻq. Chunki,
«U sizlarni qoim boʻlishida hech shubha yoʻq qiyomat kuni albatta jamlaydir».
Bu gap chin haqiqat. Chunki bu gap Allohdan kelmoqda.
«Kim Allohdan koʻra rostgoʻyroq?!»
Hech kim.
Keyingi oyatda mazkur asosiy qoidadan kelib chiqib, boshqalar bilan, xususan, munofiqlar bilan qanday muomala qilish zarurligi bayon qilinadi: