QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
An-Nisa surasi · Oyatсураси · Оят88

۞ فَمَا لَكُمْ فِى ٱلْمُنَـٰفِقِينَ فِئَتَيْنِ وَٱللَّهُ أَرْكَسَهُم بِمَا كَسَبُوٓا۟ ۚ أَتُرِيدُونَ أَن تَهْدُوا۟ مَنْ أَضَلَّ ٱللَّهُ ۖ وَمَن يُضْلِلِ ٱللَّهُ فَلَن تَجِدَ لَهُۥ سَبِيلًا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Sizga nima bo`ldiki, munofiqlar haqida ikkiga bo`linasizlar?! Holbuki, Alloh ularni rasvo qilib qo`ydi-ku. Alloh adashtirgan kimsalarni hidoyat qilmoqchi bo`lasizlarmi?! Alloh kimni adashtirgan bo`lsa, unga yo`l topa olmassan.Сизга нима бўлдики, мунофиқлар ҳақида иккига бўлинасизлар?! Ҳолбуки, Аллоҳ уларни расво қилиб қўйди-ку. Аллоҳ адаштирган кимсаларни ҳидоят қилмоқчи бўласизларми?! Аллоҳ кимни адаштирган бўлса, унга йўл топа олмассан.Alauddin Mansour: (Ey moʻminlar), nega sizlar munofiqlar toʻgʻrisida ikki guruhga boʻlinib oldingiz? Axir, Alloh ularni oʻz qilmishlari sababli (kufr va nifoqqa) qaytardi-ku?! Yoki sizlar Alloh adashtirgan kimsalarni Toʻgʻri Yoʻlga solmoqchimisizlar? Kimniki Alloh adashtirib qoʻygan boʻlsa, uning uchun hargiz yoʻl topa olmaysiz!(Эй мўминлар), нега сизлар мунофиқлар тўғрисида икки гуруҳга бўлиниб олдингиз? Ахир, Аллоҳ уларни ўз қилмишлари сабабли (куфр ва нифоққа) қайтарди-ку?! Ёки сизлар Аллоҳ адаштирган кимсаларни Тўғри Йўлга солмоқчимисизлар? Кимники Аллоҳ адаштириб қўйган бўлса, унинг учун ҳаргиз йўл топа олмайсиз!

92-sahifa · 5-juz · 10-hizb92-саҳифа · 5-жуз · 10-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
۞ فَمَاbas, nima boʻldiбас, нима бўлдиلَكُمْsizlargaсизларгаفِىhaqidaҳақидаٱلْمُنَـٰفِقِينَmunofiqlarмунофиқларفِئَتَيْنِikkiga boʻlinasizlarиккига бўлинасизларوَٱللَّهُholbuki, Allohҳолбуки, Аллоҳأَرْكَسَهُمularni rasvo qilib qoʻydiуларни расво қилиб қўйдиبِمَاsababliсабаблиكَسَبُوٓا۟ ۚkasb qilganlariкасб қилганлариأَتُرِيدُونَxohlaysizlarmiхоҳлайсизлармиأَن-ni-ниتَهْدُوا۟hidoyat qilishniҳидоят қилишниمَنْkimsaniкимсаниأَضَلَّadashtirganадаштирганٱللَّهُ ۖAllohАллоҳوَمَنva kimniва кимниيُضْلِلِadashtirsaадаштирсаٱللَّهُAllohАллоҳفَلَنbas, hargiz emasбас, ҳаргиз эмасتَجِدَtopasanтопасанلَهُۥungaунгаسَبِيلًۭاyoʻlйўл
TafsirТафсир

Imom Ahmad ibn Hanbal qilgan rivoyatda Zayd ibn Sobit roziyallohu anhu quyidagilarni aytadilar:

«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Uhud jangiga chiqqanlarida, u kishi bilan chiqqanlardan baʼzilari orqaga qaytib ketdilar. Sahobalar oʻsha orqaga qaytganlarga boʻlgan munosabatda ikkiga boʻlindilar. Birlari ularni oʻldiramiz, deyishsa, boshqalari, yoʻq, ular moʻminlar, ularni oʻldirmaymiz, deyishdi. Shunda Alloh taolo:

«Sizga nima boʻldiki, munofiqlar haqida ikkiga boʻlinasizlar?!» oyatini nozil qildi.

Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam:

«Albatta, bu oyat poklovchidir. Bosqon temirning zangini ketkazganidek, zanglarni ketkazadi», dedilar.

Ushbu oyati karimada oʻsha hodisadan keyin vujudga kelgan holat muolaja qilinmoqda. Alloh taolo hassoslik ila moʻminlarning bu hollarini inkor etib, gʻalat sanab, ularni itob qiladi:

«Sizga nima boʻldiki, munofiqlar haqida ikkiga boʻlinasizlar?!»

Ixtilof qilib, bir guruhingiz ularga qarshi boʻlib, ikkinchi guruhingiz ularning yonini olasizlar. Bu ishingiz notoʻgʻri. Ular haqida ixtilof qilib oʻtirishning hojati yoʻq.

«Holbuki, Alloh ularni rasvo qilib qoʻydi-ku».

Rost-da, ularning jihoddan qaytib ketishlaridan ham ortiqroq rasvolik bormi?! Allohning yoʻlida, Uning dini yoʻlida jihod qilishdan qaytmoqdan ham ortiqroq rasvolik bormi?! Demak, Alloh taolo ularning jihoddan qaytishini yuzaga chiqarish bilan rasvo qilib qoʻydi. Endi sizning ular masalasida ikkiga boʻlinishlaringiz qiziq, bekorchi ish. Yoki:

«Alloh adashtirgan kimsalarni hidoyat qilmoqchi boʻlasizlarmi?!»

Yoʻq, bu ish qoʻllaringizdan kelmaydi, behuda urinasizlar. Chunki:

«Alloh kimni adashtirgan boʻlsa, unga yoʻl topa olmassan».

Keyingi oyat mazkur munofiqlarning kimligini yana ham ochiqroq bayon qiladi: