QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
An-Nisa surasi · Oyatсураси · Оят89

وَدُّوا۟ لَوْ تَكْفُرُونَ كَمَا كَفَرُوا۟ فَتَكُونُونَ سَوَآءً ۖ فَلَا تَتَّخِذُوا۟ مِنْهُمْ أَوْلِيَآءَ حَتَّىٰ يُهَاجِرُوا۟ فِى سَبِيلِ ٱللَّهِ ۚ فَإِن تَوَلَّوْا۟ فَخُذُوهُمْ وَٱقْتُلُوهُمْ حَيْثُ وَجَدتُّمُوهُمْ ۖ وَلَا تَتَّخِذُوا۟ مِنْهُمْ وَلِيًّا وَلَا نَصِيرًا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ular siz ham xuddi o`zlaridek kofir bo`lib, ularga tenglashishingizni xohlarlar. Toki Alloh yo`lida hijrat qilmagunlaricha, ulardan do`st tutmang. Agar yuz o`girib ketsalar, bas, ularni tuting va qayerda topsangiz, o`ldiring. Ulardan do`st ham, yordamchi ham tutmang.Улар сиз ҳам худди ўзларидек кофир бўлиб, уларга тенглашишингизни хоҳларлар. Токи Аллоҳ йўлида ҳижрат қилмагунларича, улардан дўст тутманг. Агар юз ўгириб кетсалар, бас, уларни тутинг ва қаерда топсангиз, ўлдиринг. Улардан дўст ҳам, ёрдамчи ҳам тутманг.Alauddin Mansour: Ular oʻzlari kofir boʻlganlari kabi sizlar ham kofir boʻlib, ular bilan barobar boʻlib qolishlaringizni istaydilar. Bas, sizlar to Alloh yoʻlida hijrat qilmagunlaricha ularni doʻst tutmanglar! Agar yuz oʻgirsalar, ularni topgan joyingizda tutib oʻldiringiz va ulardan na bir doʻst va na bir yordamchi olmangiz!Улар ўзлари кофир бўлганлари каби сизлар ҳам кофир бўлиб, улар билан баробар бўлиб қолишларингизни истайдилар. Бас, сизлар то Аллоҳ йўлида ҳижрат қилмагунларича уларни дўст тутманглар! Агар юз ўгирсалар, уларни топган жойингизда тутиб ўлдирингиз ва улардан на бир дўст ва на бир ёрдамчи олмангиз!

92-sahifa · 5-juz · 10-hizb92-саҳифа · 5-жуз · 10-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَدُّوا۟ular xohlarlarулар хоҳларларلَوْagarагарتَكْفُرُونَkofir boʻlsangizкофир бўлсангизكَمَاxuddiхуддиكَفَرُوا۟ular kofir boʻlganidekулар кофир бўлганидекفَتَكُونُونَbas, boʻlur edingizбас, бўлур эдингизسَوَآءًۭ ۖtengтенгفَلَاbas, emasбас, эмасتَتَّخِذُوا۟tutingтутингمِنْهُمْulardanуларданأَوْلِيَآءَdoʻstlarдўстларحَتَّىٰtokiтокиيُهَاجِرُوا۟hijrat qilmagunlarichaҳижрат қилмагунларичаفِى-da-даسَبِيلِyoʻlidaйўлидаٱللَّهِ ۚAllohningАллоҳнингفَإِنbas, agarбас, агарتَوَلَّوْا۟yuz oʻgirib ketsalarюз ўгириб кетсаларفَخُذُوهُمْbas, ularni tutinglarбас, уларни тутингларوَٱقْتُلُوهُمْva ularni oʻldiringlarва уларни ўлдирингларحَيْثُqayerdaқаердаوَجَدتُّمُوهُمْ ۖtopsangizтопсангизوَلَاva emasва эмасتَتَّخِذُوا۟tutinglarтутингларمِنْهُمْulardanуларданوَلِيًّۭاdoʻstдўстوَلَاva emasва эмасنَصِيرًاyordamchiёрдамчи
TafsirТафсир

Munofiqlar faqat oʻzlaridagi rasvolik bilan kifoyalanib qolmaydilar. Eng xatarlisi–musulmonlarni ham yoʻldan urmoqchi boʻladilar.

«Ular siz ham xuddi oʻzlaridek kofir boʻlib, ularga tenglashishingizni xohlarlar».

Bu oyat xabar berayotganidek, munofiqlar musulmonlarning soʻzlarini anglayotgan, namoz, roʻza singari baʼzi zohiriy amallarni qilayotgan boʻlsalar ham, Alloh ularni kofir deb atamoqda. Chunki ularning dillari buzuq. Dillaridagi buzuqlikni qanchalik yashirsalar ham, vaqti kelib, Uhud jangida boʻlganidek, haqiqat yuzaga chiqadi. Munofiqlar musulmonlarning ham oʻzlari kabi kofir boʻlishlarini xohlaydilar. Shuning uchun, ularga nisbatan qattiq turish kerak.

«Toki Alloh yoʻlida hijrat qilmagunlaricha, ulardan doʻst tutmang».

Islomda doʻstlik Alloh uchun boʻladi. Qarindoshlik, ish sherikligi, firqaviy va boshqa maqsadlarda emas. Dinu diyonat uchun ahlini, vatanini, mansabini va boshqa maqsadlarini tark etmagan odamni doʻst tutib boʻlmas. Qachonki, kim aqiyda masalasini, iymon–Islom masalasini hamma narsadan ustun qoʻyar ekan, uni doʻst tutsa boʻladi. Agar shunday qilmasalar, ularning gaplariyu ishlarining eʼtibori yoʻq.

«Agar yuz oʻgirib ketsalar, bas, ularni tuting va qayerda topsangiz, oʻldiring. Ulardan doʻst ham, yordamchi ham tutmang».

Ulamolarimiz, bu hukm muayyan bir qavmga nisbatan tushirilgan, chunki Madiynadagi munofiqlar asirga olinmagan va oʻldirilmaganlar, deyishadi.

Kelgusi oyatda yuqoridagi hukmdan mustasno qilinadigan toifalar haqida soʻz ketadi: