QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
An-Nisa surasi · Oyatсураси · Оят90

إِلَّا ٱلَّذِينَ يَصِلُونَ إِلَىٰ قَوْمٍۭ بَيْنَكُمْ وَبَيْنَهُم مِّيثَـٰقٌ أَوْ جَآءُوكُمْ حَصِرَتْ صُدُورُهُمْ أَن يُقَـٰتِلُوكُمْ أَوْ يُقَـٰتِلُوا۟ قَوْمَهُمْ ۚ وَلَوْ شَآءَ ٱللَّهُ لَسَلَّطَهُمْ عَلَيْكُمْ فَلَقَـٰتَلُوكُمْ ۚ فَإِنِ ٱعْتَزَلُوكُمْ فَلَمْ يُقَـٰتِلُوكُمْ وَأَلْقَوْا۟ إِلَيْكُمُ ٱلسَّلَمَ فَمَا جَعَلَ ٱللَّهُ لَكُمْ عَلَيْهِمْ سَبِيلًا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Magar siz bilan orasida ahdnoma bor qavmga yetib borsalar yoki sizlar bilan ham, o`z qavmlari bilan ham urushish ko`ngillariga sig`masdan huzuringizga kelsalar, mayli. Alloh xohlaganida, ularni sizdan ustun qilib qo`yardi va ular sizlarga qarshi urush qilardilar. Agar sizdan chetlansalar va siz bilan urushmasdan, tinchlikni taklif qilsalar, Alloh sizlarga ularning ziddiga yo`l bermas.Магар сиз билан орасида аҳднома бор қавмга етиб борсалар ёки сизлар билан ҳам, ўз қавмлари билан ҳам урушиш кўнгилларига сиғмасдан ҳузурингизга келсалар, майли. Аллоҳ хоҳлаганида, уларни сиздан устун қилиб қўярди ва улар сизларга қарши уруш қилардилар. Агар сиздан четлансалар ва сиз билан урушмасдан, тинчликни таклиф қилсалар, Аллоҳ сизларга уларнинг зиддига йўл бермас.Alauddin Mansour: Ammo (u munofiqlardan) oralaringizda ahdu paymon boʻlgan qavmga kelib qoʻshilgan yoki xoh sizlar bilan, xoh oʻzlarining qavmi bilan urushish joniga tegib oldingizga kelgan kimsalarga tegmangiz! Agar Alloh istasa edi, ularni sizlardan ustun qilib qoʻygan boʻlar edi va ular sizlarga qarshi jang qilar edilar. Bas, agar sizlardan chetlanib, sizlarga qarshi jang qilmay sulh tuzishni taklif qilib kelsalar, Alloh sizlar uchun ularning ustiga hech qanday yoʻl bermaydi.Аммо (у мунофиқлардан) ораларингизда аҳду паймон бўлган қавмга келиб қўшилган ёки хоҳ сизлар билан, хоҳ ўзларининг қавми билан урушиш жонига тегиб олдингизга келган кимсаларга тегмангиз! Агар Аллоҳ истаса эди, уларни сизлардан устун қилиб қўйган бўлар эди ва улар сизларга қарши жанг қилар эдилар. Бас, агар сизлардан четланиб, сизларга қарши жанг қилмай сулҳ тузишни таклиф қилиб келсалар, Аллоҳ сизлар учун уларнинг устига ҳеч қандай йўл бермайди.

92-sahifa · 5-juz · 10-hizb92-саҳифа · 5-жуз · 10-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
إِلَّاmagarмагарٱلَّذِينَularkiуларкиيَصِلُونَyetib borsalarетиб борсаларإِلَىٰ-ga-гаقَوْمٍۭbir qavmgaбир қавмгаبَيْنَكُمْsiz bilan orasidaсиз билан орасидаوَبَيْنَهُمva ular orasidaва улар орасидаمِّيثَـٰقٌahdnoma borаҳднома борأَوْyokiёкиجَآءُوكُمْhuzuringizga kelsalarҳузурингизга келсаларحَصِرَتْsigʻmasdanсиғмасданصُدُورُهُمْkoʻngillariкўнгиллариأَن-dan-данيُقَـٰتِلُوكُمْsizlar bilan urushishсизлар билан урушишأَوْyokiёкиيُقَـٰتِلُوا۟urushishурушишقَوْمَهُمْ ۚoʻz qavmlari bilanўз қавмлари биланوَلَوْva agarва агарشَآءَxohlaganidaхоҳлаганидаٱللَّهُAllohАллоҳلَسَلَّطَهُمْalbatta, ularni ustun qilib qoʻyardiалбатта, уларни устун қилиб қўярдиعَلَيْكُمْsizlardanсизларданفَلَقَـٰتَلُوكُمْ ۚva ular sizlarga qarshi urushardilarва улар сизларга қарши урушардиларفَإِنِbas, agarбас, агарٱعْتَزَلُوكُمْsizdan chetlansalarсиздан четлансаларفَلَمْbas, emasбас, эмасيُقَـٰتِلُوكُمْsiz bilan urushsalarсиз билан урушсаларوَأَلْقَوْا۟va taklif qilsalarва таклиф қилсаларإِلَيْكُمُsizlargaсизларгаٱلسَّلَمَtinchlikniтинчликниفَمَاbas, emasбас, эмасجَعَلَberdiбердиٱللَّهُAllohАллоҳلَكُمْsizlargaсизларгаعَلَيْهِمْularning ziddigaуларнинг зиддигаسَبِيلًۭاyoʻlйўл
TafsirТафсир

Avvalgi oyatda bir toifa munofiqlar agar Alloh yoʻlida hijrat qilishdan yuz oʻgirib ketsalar, ularni asir olish va ularga qarshi urush qilishga amr boʻlgan edi. Bu oyatda esa, oʻsha munofiq toifadan baʼzilari borib musulmonlar bilan ahdnoma tuzgan biror qavmdan himoya topsa, ularni istisno tariqasida asir olmaslik va oʻldirmaslikka hukm qilinmoqda.

«Magar siz bilan orasida ahdnoma bor qavmga yetib borsalar yoki sizlar bilan ham, oʻz qavmlari bilan ham urushish koʻngillariga sigʻmasdan huzuringizga kelsalar, mayli».

Ushbu istisnoga yana bir toifa qoʻshilmoqda. Ular musulmonlarga qoʻshilib, oʻz qavmlariga qarshi urush qilish ham koʻngillariga sigʻmagan, qavmlariga qoʻshilib, musulmonlarga qarshi urush qilish ham koʻngillariga sigʻmay betaraf turishni xohlaganlardir. Ularni ham asirga olish yoki oʻldirish mumkin emas. Chunki ularning betaraf turishlarining oʻzi musulmonlar uchun yaxshilikdir. Bu yaxshilikni taqdirlab, ularga tegmaslik kerak. Aslida esa, ish tamoman boshqacha boʻlishi ham mumkin edi.

«Alloh xohlaganida, ularni sizdan ustun qilib qoʻyar edi va ular sizlarga qarshi urush qilar edilar».

Yaxshilikning ozgina imkoni boʻlsa ham, unga yurish kerak. Shu bois, musulmonlarga quyidagi amr qilinmoqda:

«Agar sizdan chetlansalar va siz bilan urushmasdan, tinchlikni taklif qilsalar, Alloh sizlarga ularning ziddiga yoʻl bermas».

Tinchlik tarafdorlari bilan urushish musulmonlarga hech toʻgʻri kelmaydi. Ammo, oʻzini bilmagan baʼzi munofiq toifalar borki, ularga alohida munosabat boʻladi: