سَتَجِدُونَ ءَاخَرِينَ يُرِيدُونَ أَن يَأْمَنُوكُمْ وَيَأْمَنُوا۟ قَوْمَهُمْ كُلَّ مَا رُدُّوٓا۟ إِلَى ٱلْفِتْنَةِ أُرْكِسُوا۟ فِيهَا ۚ فَإِن لَّمْ يَعْتَزِلُوكُمْ وَيُلْقُوٓا۟ إِلَيْكُمُ ٱلسَّلَمَ وَيَكُفُّوٓا۟ أَيْدِيَهُمْ فَخُذُوهُمْ وَٱقْتُلُوهُمْ حَيْثُ ثَقِفْتُمُوهُمْ ۚ وَأُو۟لَـٰٓئِكُمْ جَعَلْنَا لَكُمْ عَلَيْهِمْ سُلْطَـٰنًا مُّبِينًا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Sizdan ham, o`z qavmlaridan ham omonda bo`lishni xohlaydigan, fitnaga qaytarilgan chog`larida unga sho`ng`iydigan boshqa birovlarni ham ko`rasizlar. Agar sizdan chetlanmasalar, sizga tinchlikni taklif qilmasalar va qo`llarini tiymasalar, bas, ularni tuting va qayerda topsangiz, o`ldiring. Ana o`shandaylar ustidan sizga ochiq haq berdik.Сиздан ҳам, ўз қавмларидан ҳам омонда бўлишни хоҳлайдиган, фитнага қайтарилган чоғларида унга шўнғийдиган бошқа бировларни ҳам кўрасизлар. Агар сиздан четланмасалар, сизга тинчликни таклиф қилмасалар ва қўлларини тиймасалар, бас, уларни тутинг ва қаерда топсангиз, ўлдиринг. Ана ўшандайлар устидан сизга очиқ ҳақ бердик.Alauddin Mansour: (U munofiqlardan) boshqa bir toifasining esa sizlardan ham, oʻz qavmlaridan ham tinch-xotirjam boʻlishni koʻzlayotganlarini koʻrasizlar. Har qachon fitnaga (yaʼni, kufrga) qaytishga toʻgʻri kelsa, oʻzlarini unga tashlaydilar. Bas, agar ular sizlardan chetlanmas, sizlarga sulh taklif qilmas va qoʻllarini tiymas ekanlar, ularni topgan joyingizda tutib oʻldiringiz. Mana, biz bunday kimsalarga qarshi (hujum qilishingiz uchun) sizlarga ochiq hujjat berib qoʻydik.(У мунофиқлардан) бошқа бир тоифасининг эса сизлардан ҳам, ўз қавмларидан ҳам тинч-хотиржам бўлишни кўзлаётганларини кўрасизлар. Ҳар қачон фитнага (яъни, куфрга) қайтишга тўғри келса, ўзларини унга ташлайдилар. Бас, агар улар сизлардан четланмас, сизларга сулҳ таклиф қилмас ва қўлларини тиймас эканлар, уларни топган жойингизда тутиб ўлдирингиз. Мана, биз бундай кимсаларга қарши (ҳужум қилишингиз учун) сизларга очиқ ҳужжат бериб қўйдик.
Ibn Jarir Mujohiddan rivoyat qilishicha, bu oyati karima makkalik bir qavm haqida nozil boʻlgan. Ular Paygʻambar alayhissalomning huzurlariga kelib, riyo uchun musulmonliklarini bildirishardi. Soʻngra, qurayshliklar oldiga borib, ular bilan birga butlariga ibodat qilishar edi. Shu yoʻl bilan ikki tomondan ham omon qolmoqchi boʻlishar edi.
«Sizdan ham, oʻz qavmlaridan ham omonda boʻlishni xohlaydigan, fitnaga qaytarilgan choqlarida unga shoʻngʻiydigan boshqa birovlarni ham koʻrasizlar».
Demak, ularga ishonib boʻlmaydi. Madomiki, ular musulmonlarga yomonlik qilishdan chetlanmasalar, tinchlikni taklif qilmasalar va ulardan qoʻllarini tiymasalar, ularni asir olish, topgan joyda oʻldirish kerak. Bunga Allohning Oʻzi ruxsat bermoqda.
«Agar sizdan chetlanmasalar, sizga tinchlikni taklif qilmasalar va qoʻllarini tiymasalar, bas, ularni tuting va qayerda topsangiz, oʻldiring. Ana oʻshandaylar ustidan sizga ochiq haq berdik».
Bularning hammasi musulmonlarning munofiqlar bilan boʻladigan munosabatlari haqidagi hukmlardir. Ammo musulmonlarning oʻzaro aloqalari qanday boʻlishi kerak? Bu savolga quyidagi oyatda javob beriladi: