QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ghafir surasi · Oyatсураси · Оят3

غَافِرِ ٱلذَّنۢبِ وَقَابِلِ ٱلتَّوْبِ شَدِيدِ ٱلْعِقَابِ ذِى ٱلطَّوْلِ ۖ لَآ إِلَـٰهَ إِلَّا هُوَ ۖ إِلَيْهِ ٱلْمَصِيرُ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U, gunohni mag`firat qilguvchi, tavbani qabul etguvchi, iqobi shiddatli va fazlu karam sohibi bo`lgan Zotdir. Undan o`zga ibodatga sazovor zot yo`q. Qaytish Uning O`zigaginadir.У, гуноҳни мағфират қилгувчи, тавбани қабул этгувчи, иқоби шиддатли ва фазлу карам соҳиби бўлган Зотдир. Ундан ўзга ибодатга сазовор зот йўқ. Қайтиш Унинг Ўзигагинадир.Alauddin Mansour: (U zot) gunohni magʻfirat qilguvchi, tavba-tazarruʼni qabul qilguvchi, azobi qattiq va inʼom-ehson Egasidir. Hech qanday iloh yoʻq, magar Uning Oʻzigina bordir. Faqat Uning Oʻziga qaytilur.(У зот) гуноҳни мағфират қилгувчи, тавба-тазарруъни қабул қилгувчи, азоби қаттиқ ва инъом-эҳсон Эгасидир. Ҳеч қандай илоҳ йўқ, магар Унинг Ўзигина бордир. Фақат Унинг Ўзига қайтилур.

467-sahifa · 24-juz · 47-hizb467-саҳифа · 24-жуз · 47-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
غَافِرِmagʻfirat qilguvchiмағфират қилгувчиٱلذَّنۢبِgunohniгуноҳниوَقَابِلِva qabul etguvchiва қабул этгувчиٱلتَّوْبِtavbaniтавбаниشَدِيدِshiddatliшиддатлиٱلْعِقَابِiqobiиқобиذِىsohibiсоҳибиٱلطَّوْلِ ۖfazlu karamфазлу карамلَآyoʻqйўқإِلَـٰهَibodatga sazovor zotибодатга сазовор зотإِلَّاfaqatфақатهُوَ ۖU (Alloh)У (Аллоҳ)إِلَيْهِUning OʻzigaginadirУнинг Ўзигагинадирٱلْمَصِيرُqaytishқайтиш
TafsirТафсир

Ushbu oyatda Alloh taoloning toʻrtta sifati zikr qilinmoqda. 1. «Gunohni magʻfirat qilguvchi.» Alloh taoloning yolgʻiz Oʻzigina bandalarning gunohini kechiruvchi zotdir. Undan oʻzga hech kim bu ishni qila olmaydi. 2. «Tavbani qabul etguvchi.» Alloh taoloning yolgʻiz Oʻzigina bandalarning tavbasini qabul qiluvchi zotdir. Undan oʻzga hech kim bu ishni qila olmaydi. Tavbani qabul qilishga vositachi ham boʻla olmaydi. 3. «Iqobi shiddatli.» Alloh kofir, mushrik, munofiq va osiy bandalarga nisbatan iqobi shiddatli zotdir. Ularni iqob qiluvchi ham Allohning yagona Oʻzidir.