مَا يُجَـٰدِلُ فِىٓ ءَايَـٰتِ ٱللَّهِ إِلَّا ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ فَلَا يَغْرُرْكَ تَقَلُّبُهُمْ فِى ٱلْبِلَـٰدِ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Allohning oyatlari haqida faqatgina kufr keltirganlar talashib-tortishurlar. Bas, ularning yurtlarda aylanib yurishlari seni aldab qo`ymasin.Аллоҳнинг оятлари ҳақида фақатгина куфр келтирганлар талашиб-тортишурлар. Бас, уларнинг юртларда айланиб юришлари сени алдаб қўймасин.Alauddin Mansour: Allohning oyatlari haqida faqat kofir boʻlgan kimsalargina talashib-tortishurlar. Bas, sizni ularning shaharlarida kezishlari aldab qoʻymasin!Аллоҳнинг оятлари ҳақида фақат кофир бўлган кимсаларгина талашиб-тортишурлар. Бас, сизни уларнинг шаҳарларида кезишлари алдаб қўймасин!
Alloh taolo Oʻz fazlu karami ila bandalariga inʼom etguvchi, ularning yaxshi amallari uchun savoblarni koʻpaytirib beruvchi zotdir.
Ushbu sifatlarni oʻzida jamlagan zot, albatta, ibodat qilinishga sazovordir. Ha,
«Undan oʻzga ibodatga sazovor zot yoʻq».
Shuning uchun ham, butun xaloyiq faqat Alloh taoloning yolgʻiz Oʻzigagina ibodat qilmogʻi lozim. Buning ustiga:
«Qaytish Uning Oʻzigaginadir».
Qiyomat kuni barcha faqat Alloh taoloning Oʻzigagina qaytib borur. Bu ham faqat Alloh taoloning yolgʻiz Oʻziga ibodat qilishni, Unagina boʻysunishni, faqat Uning taʼlimotlari ostida yashashni, faqat Uning roziligi uchungina harakat qilishni va faqat Unga butunlay taslim boʻlishni taqozo etadi.
4. Allohning oyatlari haqida faqatgina kufr keltirganlar talashib-tortishurlar. Bas, ularning yurtlarda aylanib yurishlari seni aldab qoʻymasin.
Allohning bandalarni hidoyatga boshlash, ularga ham bu dunyoning, ham u dunyoning saodatiga erishish yoʻlini koʻrsatish uchun tushirgan oyatlari ochiq-oydin, aniq-ravshandir. Ularning talashib-tortishib oʻtiradigan joyi yoʻq. Baxtli bandalar oʻsha oyatlarni ochiq chehra, keng qalb ila xursand boʻlib kutib oladilar. Ularga amal qiladilar. Ularni nozil etgan Alloh taologa shukr aytadilar.
Allohning oyatlari haqida faqatgina bir toifa–kofirlar toifasigina talashib-tortishadilar: turli boʻlmagʻur gap-soʻz yoyadilar, shak-shubhaga boradilar, oʻzlarining oʻy-fikrlarni oʻrtaga tiqishtiradilar. Borliqdagi butun mavjudot ichidan faqat kofirlargina shunaqa qiladilar.
«Bas, ularning yurtlarda aylanib yurishlari seni aldab qoʻymasin.»
Kofirlar Alloh taolo nozil qilgan oyatlarni inkor etsalar ham, ular haqida talashib-tortishsalar ham, Alloh Oʻzi bilgan hikmat yuzasidan ularning yer yuzida, turli yurt-diyorlarda yashab yurishlariga imkon beradi. Kofirlar turli martabalarga, imkoniyatlarga, molu mulkka, hukm va sultonga, yana boshqa narsalarga ega boʻlishlari ham mumkin. Lekin bu hollar moʻmin kishini aldab qoʻymasligi kerak. Moʻminning xayolida «Nima uchun, ular kofir boʻlsalar ham, Allohning oyatlarini inkor etib, kufr keltirsalar ham, hech narsa qilmagandek bemalol yuraveradilar?»– degan oʻy-fikrlar uygʻonmasligi lozim. U oʻsha kofirlarning bu dunyo hayoti matohlaridan bahramand boʻlayotganiga aldanib qolmasligi kerak.
Unutilmasinki, Allohning oyatlarini inkor etib, talashibtortishganlar faqat bular emas. Oldin ham qanchadan-qancha kofirlar oʻtgan. Bu haqda Alloh taolo quyidagilarni aytadi: