كَذَّبَتْ قَبْلَهُمْ قَوْمُ نُوحٍ وَٱلْأَحْزَابُ مِنۢ بَعْدِهِمْ ۖ وَهَمَّتْ كُلُّ أُمَّةٍۭ بِرَسُولِهِمْ لِيَأْخُذُوهُ ۖ وَجَـٰدَلُوا۟ بِٱلْبَـٰطِلِ لِيُدْحِضُوا۟ بِهِ ٱلْحَقَّ فَأَخَذْتُهُمْ ۖ فَكَيْفَ كَانَ عِقَابِ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ulardan oldin Nuh qavmi va ular ketidan kelgan firqalar ham yolg`onchi qilgan edilar. Har ummat o`z Payg`ambarini tutishga qasd qildi va haqni yo`qotish uchun botil ila mujodala etdi. Bas, Men ularni tutdim. Bas, Mening iqobim qanday bo`ldi!Улардан олдин Нуҳ қавми ва улар кетидан келган фирқалар ҳам ёлғончи қилган эдилар. Ҳар уммат ўз Пайғамбарини тутишга қасд қилди ва ҳақни йўқотиш учун ботил ила мужодала этди. Бас, Мен уларни тутдим. Бас, Менинг иқобим қандай бўлди!Alauddin Mansour: Ulardan (yaʼni, Makka kofirlaridan) ilgari Nuh qavmi va u (qavmdan) keyingi (Od, Samud qabilalari kabi turli) firqalar ham (oʻz paygʻambarlarini) yolgʻonchi qilganlar. (Oʻsha millatlardan) har bir millat oʻzlarining paygʻambarlarini tutishga-oʻldirishga qasd qilgan va botil (hujjatlar) bilan talashib-tortishib, uning yordamida Haqni yengmoqchi boʻlgan edilar. Shunda Men ularni (Oʻz azobim bilan) ushladim. Bas, Mening azobim qanday boʻldi?!Улардан (яъни, Макка кофирларидан) илгари Нуҳ қавми ва у (қавмдан) кейинги (Од, Самуд қабилалари каби турли) фирқалар ҳам (ўз пайғамбарларини) ёлғончи қилганлар. (Ўша миллатлардан) ҳар бир миллат ўзларининг пайғамбарларини тутишга-ўлдиришга қасд қилган ва ботил (ҳужжатлар) билан талашиб-тортишиб, унинг ёрдамида Ҳақни енгмоқчи бўлган эдилар. Шунда Мен уларни (Ўз азобим билан) ушладим. Бас, Менинг азобим қандай бўлди?!
Yaʼni, Makka kofirlaridan oldin ham Nuh qavmi va u qavmdan keyin kelgan bir qancha firqalar oʻz Paygʻambarlarini yolgʻonchi qilgan edilar. Ha,
«Ulardan oldin Nuh qavmi va ular ketidan kelgan firqalar ham yolgʻonchi qilgan edilar».
Hozirgi kofirlarga oʻxshab, Alloh yuborgan Paygʻambarlarni tan olmagan edilar. Ul kofirlar faqatgina Paygʻambarlarni yolgʻonchi qilish bilan cheklanib qolganlari yoʻq, balki, undan badtar ishlarni ham qilganlar. Hatto
«Har ummat oʻz Paygʻambarini tutishga qasd qildi...»
Ana oʻsha oʻtgan ummatlardan har biri oʻz Paygʻambarini tutib, oʻldirmoqni qasd qildi. Suiqasd kofirlarning qadimiy odati. Shuning uchun, hozirgilarining qilmishidan ajablanmaslik kerak.
«...va haqni yoʻqotish uchun botil ila mujodala etdi.»
Qadimdan har bir ummatning kofirlari Paygʻambarlar olib kelgan haqni yoʻqotish uchun botilni ishga solib, qarshilik koʻrsatgan. Iymonga kufr ila qarshi chiqqan. Paygʻambarlar keltirgan shariatlarini shirk bilan qarshi olgan. Allohning shariatiga oʻzlarining turli-tuman urf-odatlari, yasama qonun-qoidalarini qarshi qoʻygan. Lekin hammasining oqibati rasvo boʻldi.
«Bas, Men ularni tutdim.»
Bas, Men ularning hammasini Oʻz iqobim ila tutdim, halok qildim.
«Bas, Mening iqobim qanday boʻldi!»
Qanday boʻlgani hammaga maʼlum.