وَكَذَٰلِكَ حَقَّتْ كَلِمَتُ رَبِّكَ عَلَى ٱلَّذِينَ كَفَرُوٓا۟ أَنَّهُمْ أَصْحَـٰبُ ٱلنَّارِ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Kufr keltirganlarga ham Robbingning (azob) so`zi xuddi ana shunday haq bo`ldi. Albatta, ular do`zax egalaridir.Куфр келтирганларга ҳам Роббингнинг (азоб) сўзи худди ана шундай ҳақ бўлди. Албатта, улар дўзах эгаларидир.Alauddin Mansour: (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom, sizning qavmingiz orasidagi) kofir boʻlgan kimsalarning ustiga ham Parvardigoringizning Soʻzi — azobi mana shunday haq boʻlgandir, albatta ular doʻzax egalaridir.(Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом, сизнинг қавмингиз орасидаги) кофир бўлган кимсаларнинг устига ҳам Парвардигорингизнинг Сўзи — азоби мана шундай ҳақ бўлгандир, албатта улар дўзах эгаларидир.
Ey Muhammad, Robbingning azob soʻzi oldin oʻtgan kofir firqalarga qanday haq boʻlgan boʻlsa, hozirgi kufr keltirganlarga ham xuddi shunday haq boʻldi.
«Albatta, ular doʻzax egalaridir.»
Bunga hech shubha qilinmasin. Ular kufr keltirganlari bilan, Allohga iymon keltirgan turli-tuman mavjudotlar ham qancha. Oʻsha, Allohga iymon keltirgan mavjudotlardan baʼzilari: