QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ghafir surasi · Oyatсураси · Оят57

لَخَلْقُ ٱلسَّمَـٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ أَكْبَرُ مِنْ خَلْقِ ٱلنَّاسِ وَلَـٰكِنَّ أَكْثَرَ ٱلنَّاسِ لَا يَعْلَمُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Albatta, osmonlaru yerni yaratish odamlarni yaratishdan kattaroqdir. Lekin odamlarning ko`plari bilmaslar.Албатта, осмонлару ерни яратиш одамларни яратишдан каттароқдир. Лекин одамларнинг кўплари билмаслар.Alauddin Mansour: Shak-shubhasiz, osmonlar va Yerni yaratish insonlarni yaratishdan kattaroq (ish)dir. Lekin koʻp odamlar bilmaydilar.Шак-шубҳасиз, осмонлар ва Ерни яратиш инсонларни яратишдан каттароқ (иш)дир. Лекин кўп одамлар билмайдилар.

473-sahifa · 24-juz · 48-hizb473-саҳифа · 24-жуз · 48-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
لَخَلْقُalbatta, yaratishалбатта, яратишٱلسَّمَـٰوَٰتِosmonlarniосмонларниوَٱلْأَرْضِva yerniва ерниأَكْبَرُkattaroqdirкаттароқдирمِنْ-dan-данخَلْقِyaratishяратишٱلنَّاسِodamlarniодамларниوَلَـٰكِنَّlekinлекинأَكْثَرَkoʻplariкўплариٱلنَّاسِodamlarningодамларнингلَاemasэмасيَعْلَمُونَbilmaslarбилмаслар
TafsirТафсир

Bu oyati karima insonga butun borliqqa nisbatan oʻzining qanday hajmga ega ekanini bilib olishiga ishora qiladi. Osmonlarni yaratgan zot ham Alloh. Yerni yaratgan zot ham Alloh. Odamlarni yaratgan zot ham Alloh. Osmonlar shunchalik kattaki, odamzot uning chegarasi qayerda ekanini ham bilmaydi. Osmonlardagi narsalar shunchalik koʻpki, odamzot ularning sonini ham bilmaydi. Odamzot oʻzi yashab turgan yerga nisbatan hech narsa emas. Yerdagi mavjudotlarga solishtirilganda ham, arzimagan narsa. Haligacha ushbu mavjudotlarning hammasini idrok qilib ulgurgani yoʻq. Shuningdek, nihoyatda ulkan hisoblangan yerning oʻzi birgina eng yaqin osmonga nisbatan hech narsa emas. Bu osmondagi mavjudotlardan birgina quyoshni olib koʻradigan boʻlsak, uning hajmi yernikidan million marta kattadir. Quyosh esa, bizga yaqin osmon sistemasidagi million quyoshdan biri, xolos. Endi, barcha osmonlardagi barcha mavjudotlarning oldida inson nimaga teng kelishini bilib olaversa boʻladi. Ana shunda Allohning:

«Albatta, osmonlaru yerni yaratish odamlarni yaratishdan kattaroqdir», degan oyatini kengroq, chuqurroq tushunish mumkin.

«Lekin odamlarning koʻplari bilmaslar.»

Shuning uchun ham, oʻzlarining kimligini unutib, qalblariga kibr oʻrnashib, Alloh taoloning oyatlari haqida talashib-tortishadilar. Ularga amal qilmaydilar. Osmonlaru yerni va oʻzining jussasini koʻrib turib ham insofga kelmagan, Allohning oyatlarini jon deb qabul etmagan, ularga amal qilmagan odamlar koʻrdirlar.