QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ghafir surasi · Oyatсураси · Оят59

إِنَّ ٱلسَّاعَةَ لَـَٔاتِيَةٌ لَّا رَيْبَ فِيهَا وَلَـٰكِنَّ أَكْثَرَ ٱلنَّاسِ لَا يُؤْمِنُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Albatta, soat (qiyomat)kelguvchidir. Unda shubha yo`q. Lekin odamlarning ko`plari iymon keltirmaslar.Албатта, соат (қиёмат)келгувчидир. Унда шубҳа йўқ. Лекин одамларнинг кўплари иймон келтирмаслар.Alauddin Mansour: Albatta (Qiyomat) soati kelguvchidir. U haqida shak-shubha yoʻqdir. Lekin koʻp odamlar (uning kelishiga) iymon keltirmaslar.Албатта (Қиёмат) соати келгувчидир. У ҳақида шак-шубҳа йўқдир. Лекин кўп одамлар (унинг келишига) иймон келтирмаслар.

474-sahifa · 24-juz · 48-hizb474-саҳифа · 24-жуз · 48-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
إِنَّalbattaалбаттаٱلسَّاعَةَ(qiyomat) soati(қиёмат) соатиلَـَٔاتِيَةٌۭkelguvchidirкелгувчидирلَّاyoʻqйўқرَيْبَshubhaшубҳаفِيهَاundaундаوَلَـٰكِنَّlekinлекинأَكْثَرَkoʻplariкўплариٱلنَّاسِodamlarningодамларнингلَاemasэмасيُؤْمِنُونَiymon keltirmaslarиймон келтирмаслар
TafsirТафсир

Bir narsa borki, agar odamlar uni eslasalar, unga ishonsalar, undan ehtiyot boʻlsalar, unga tayyorgarlik koʻrsalar, bu mashmashalarga oʻrin qolmaydi. U ham boʻlsa, qiyomatning qoim boʻlishidir.

«Albatta, soat (qiyomat) kelguvchidir.»

Kelmasdan qolmaydi ham. Kelmasa, boʻlmaydi ham.

«Unda shubha yoʻq.»

Qiyomat qoim boʻlishida hech qanday shubha yoʻq. Boʻlishi ham mumkin emas.

«Lekin odamlarning koʻplari iymon keltirmaslar.»

Yaʼni, qiyomat qoim boʻlishiga ishonmaydilar. Ishonmaganlari uchun ham, Allohning oyatlari haqida hech qanday hujjat-dalilsiz talashib-tortishadilar. Oʻzlarining kim ekanlarini unutib, kibrga ketadilar. Kibr esa, ularni halokatga eltadi. Bu halokatdan, unga eltuvchi kibrdan saqlanish uchun Allohga ibodat etish kerak, U zotga duo qilish kerak. Chunki: