وَقَالَ رَبُّكُمُ ٱدْعُونِىٓ أَسْتَجِبْ لَكُمْ ۚ إِنَّ ٱلَّذِينَ يَسْتَكْبِرُونَ عَنْ عِبَادَتِى سَيَدْخُلُونَ جَهَنَّمَ دَاخِرِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Robbingiz: «Menga duo qiling, sizga ijobat qilurman. Albatta, Mening ibodatimdan kibr qilganlar jahannamga xoru zor hollarida kirurlar», dedi.Роббингиз: «Менга дуо қилинг, сизга ижобат қилурман. Албатта, Менинг ибодатимдан кибр қилганлар жаҳаннамга хору зор ҳолларида кирурлар», деди.Alauddin Mansour: Parvardigorlaringiz: «Menga duo-iltijo qilinglar, Men sizlarga (qilgan duolaringizni) mustajob qilurman», dedi. Albatta Menga ibodat qilishdan kibr-havo qilgan kimsalar yaqinda boʻyinlarini eggan hollarida jahannamga kirurlar.Парвардигорларингиз: «Менга дуо-илтижо қилинглар, Мен сизларга (қилган дуоларингизни) мустажоб қилурман», деди. Албатта Менга ибодат қилишдан кибр-ҳаво қилган кимсалар яқинда бўйинларини эгган ҳолларида жаҳаннамга кирурлар.
Allohga banda tomonidan qilinadigan duo, ibodat lugʻatda bir xil maʼnoni bildiradi. Duo va ibodat xoh soʻzdan iborat boʻlsin, xoh amaldan, banda tomonidan Alloh taoloning roziligini izlashdir, iymon ila U zotning roziligini soʻrashdir.
Duo va ibodat bandaning Alloh taolo huzurida hojatmand ekanini eʼtirof etishidir. Oʻzining nochorligiyu ojizligini tan olishidir. Bu ishni faqat iymoni borlargina, qalb koʻzlari ochiqlargina, oʻzining kimligini anglab yetganlargina, insof qilganlargina, qalbida Allohga nisbatan kibru havo boʻlmaganlargina qiladilar. Buni bandaga Allohning Oʻzi buyurgandir.
«Menga duo qiling, sizga ijobat qilurman.»
Menga ibodat qiling, qabul etaman, menga iltijo qilib, hojatingizni soʻrang, soʻraganingizni beraman, deydi Alloh taolo.
Ojizligini, hojatmandligini eʼtirof etib, duoni qabul qiluvchi Zotning jaloliga munosib odob-axloq bilan soʻrashlik bandaning ishi. Qolgani esa, Alloh taoloning Oʻziga havola. Hazrati Umar roziyallohu anhu: «Men ijobat tashvishini chekmayman, men duo tashvishini qilaman. Menga duo qilish ilhom etilsa, ijobat ham qilinadi», der ekanlar. Ha, Alloh Oʻziga iymon bilan duo qilganlarning duosini ijobat etadi, ibodatlarini qabul qiladi. Ammo shu bilan birga:
«Albatta, Mening ibodatimdan kibr qilganlar jahannamga xoru zor hollarida kirurlar», dedi».
Ammo, oʻzini bilmaganlar, Allohga duo qilishdan, ibodat etishdan kibr ila oʻzlarini yuqori koʻrganlar, qalb koʻzi koʻr boʻlganlar jahannamga kiradilar. Kirganda ham, xoru zor boʻlib kiradilar.
Agar ular Allohning neʼmatlariga ibrat bilan qaraganlarida, U zotning naqadar buyukligini anglab yetgan boʻlar edilar. Allohning ibodatidan zinhor yuz oʻgirmasdilar, aslo kibru havo qilmasdilar. Oʻylab koʻringlar, ey odamlar!