QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ghafir surasi · Oyatсураси · Оят61

ٱللَّهُ ٱلَّذِى جَعَلَ لَكُمُ ٱلَّيْلَ لِتَسْكُنُوا۟ فِيهِ وَٱلنَّهَارَ مُبْصِرًا ۚ إِنَّ ٱللَّهَ لَذُو فَضْلٍ عَلَى ٱلنَّاسِ وَلَـٰكِنَّ أَكْثَرَ ٱلنَّاسِ لَا يَشْكُرُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Alloh sizga sukunat topishingiz uchun kechani, ko`rsatuvchi etib kunduzni qilib bergan Zotdir. Albatta, Alloh odamlarga nisbatan fazlu karam sohibidir. Lekin odamlarning ko`plari bilmaslar.Аллоҳ сизга сукунат топишингиз учун кечани, кўрсатувчи этиб кундузни қилиб берган Зотдир. Албатта, Аллоҳ одамларга нисбатан фазлу карам соҳибидир. Лекин одамларнинг кўплари билмаслар.Alauddin Mansour: Alloh sizlar orom olishingiz uchun kechani va (kasbu kor, sayru sayohat qilishingiz uchun) ochiq-yorugʻ kunduzni yaratib qoʻygan Zotdir. Albatta Alloh odamlarga fazlu marhamat Sohibidir. Lekin odamlarning koʻplari shukr qilmaydilar.Аллоҳ сизлар ором олишингиз учун кечани ва (касбу кор, сайру саёҳат қилишингиз учун) очиқ-ёруғ кундузни яратиб қўйган Зотдир. Албатта Аллоҳ одамларга фазлу марҳамат Соҳибидир. Лекин одамларнинг кўплари шукр қилмайдилар.

474-sahifa · 24-juz · 48-hizb474-саҳифа · 24-жуз · 48-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
ٱللَّهُAllohАллоҳٱلَّذِىoʻsha zotdirkiўша зотдиркиجَعَلَqilib berganқилиб берганلَكُمُsizgaсизгаٱلَّيْلَkechaniкечаниلِتَسْكُنُوا۟sukunat topishingiz uchunсукунат топишингиз учунفِيهِundaундаوَٱلنَّهَارَva kunduzniва кундузниمُبْصِرًا ۚkoʻrsatuvchi etibкўрсатувчи этибإِنَّalbattaалбаттаٱللَّهَAllohАллоҳلَذُوsohibidirсоҳибидирفَضْلٍfazlu karamфазлу карамعَلَىnisbatanнисбатанٱلنَّاسِodamlargaодамларгаوَلَـٰكِنَّlekinлекинأَكْثَرَkoʻplariкўплариٱلنَّاسِodamlarningодамларнингلَاemasэмасيَشْكُرُونَshukr qilmaslarшукр қилмаслар
TafsirТафсир

Ey odamlar, Alloh taolo sizlarga ato qilgan son-sanoqsiz neʼmatlardan biri boʻlgan kechani olib koʻring. Uning sizga qanchalar foydasi bor. Agar oʻsha foydalar boʻlmasa, siz hozirgiday hayot kechira olmasdingiz. Kechaning birgina sukunat ekanini olib koʻring. Agar sizga oʻsha neʼmatni ato etib, hamma narsani koʻra olishingizga imkoniyat yaratib bermaganida, nima qilar edingiz?

Allohdan boshqa kim sizga kunduzni koʻrsatuvchi qilib berar edi?

«Alloh sizga sukunat topishingiz uchun kechani, koʻrsatuvchi etib kunduzni qilib bergan zotdir.»

Bu ishlar esa, Alloh taoloning sizga koʻrsatgan fazlu karamidir.

«Albatta, Alloh odamlarga nisbatan fazlu karam sohibidir.»

Odamlar insof bilan qarasalar, har bir narsada, har bir oʻrinda, har bir lahzada Alloh taoloning fazlu karamini koʻradilar.

«Lekin odamlarning koʻplari bilmaslar.»

Shuning uchun, Allohga kufr, shirk keltiradilar. Nifoq qiladilar. Allohning oyatlari haqida hujjatsiz, dalilsiz talashib- tortishadilar. Allohga ibodat qilmaydilar. Mutakabbirlik qiladilar.