ذَٰلِكُمُ ٱللَّهُ رَبُّكُمْ خَـٰلِقُ كُلِّ شَىْءٍ لَّآ إِلَـٰهَ إِلَّا هُوَ ۖ فَأَنَّىٰ تُؤْفَكُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ana o`sha Alloh Robbingizdir. U har bir narsaning yaratguvchisidir. Undan o`zga ibodatga sazovor zot yo`q. Bas, qayoqqa burilib ketmoqdasiz?!Ана ўша Аллоҳ Роббингиздир. У ҳар бир нарсанинг яратгувчисидир. Ундан ўзга ибодатга сазовор зот йўқ. Бас, қаёққа бурилиб кетмоқдасиз?!Alauddin Mansour: Mana shu Alloh Parvardigorlaringizdir, U barcha narsaning yaratguvchisidir. Hech qanday iloh yoʻq, magar Uning Oʻzigina bordir. Bas, qayoqqa burilib ketmoqdasizlar?!Мана шу Аллоҳ Парвардигорларингиздир, У барча нарсанинг яратгувчисидир. Ҳеч қандай илоҳ йўқ, магар Унинг Ўзигина бордир. Бас, қаёққа бурилиб кетмоқдасизлар?!
Yuqorida vasfi oliyi keltirilgan zot–Alloh sizning Robbingizdir, ey odamlar. U sizni yaratgan zotdir. Sizga rizq bergan ham U zotdir. Barcha ishlaringizning tadbirini qilib turuvchi ham Oʻsha zotdir. U nafaqat sizning, balki:
«Har bir narsaning yaratguvchisidir».
Dunyodagi hamma narsani U yaratgandir. Dunyoda Undan oʻzga yaratuvchi yoʻqdir. Binobarin:
«Undan oʻzga ibodatga sazovor zot yoʻq».
Shuning uchun ham, siz faqat Allohning Oʻzigagina ibodat qilmogʻingiz zarur.
«Bas, qayoqqa burilib ketmoqdasiz?!»
Allohga ibodat qilmay, qaysi tomonga burilib ketmoqdasizlar?! Allohning aytganini qilmay, qayon qarab ketmoqdasizlar?! Allohning oyatlariga amal qilmay, qayoqqa ketmoqdasizlar?!