QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ghafir surasi · Oyatсураси · Оят64

ٱللَّهُ ٱلَّذِى جَعَلَ لَكُمُ ٱلْأَرْضَ قَرَارًا وَٱلسَّمَآءَ بِنَآءً وَصَوَّرَكُمْ فَأَحْسَنَ صُوَرَكُمْ وَرَزَقَكُم مِّنَ ٱلطَّيِّبَـٰتِ ۚ ذَٰلِكُمُ ٱللَّهُ رَبُّكُمْ ۖ فَتَبَارَكَ ٱللَّهُ رَبُّ ٱلْعَـٰلَمِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Alloh sizga yerni qarorgoh, osmonni tom qilgan va sizlarning suvratlaringizni go`zal suvratda qilgan, sizlarga pok narsalardan rizq bergan Zotdir. Ana o`sha Alloh Robbingizdir. Bas, olamlarning Robbi Alloh barakotli (yuksak) bo`ldi.Аллоҳ сизга ерни қароргоҳ, осмонни том қилган ва сизларнинг сувратларингизни гўзал сувратда қилган, сизларга пок нарсалардан ризқ берган Зотдир. Ана ўша Аллоҳ Роббингиздир. Бас, оламларнинг Робби Аллоҳ баракотли (юксак) бўлди.Alauddin Mansour: Alloh sizlar uchun Yerni qarorgoh, osmonni tom qilib qoʻygan va sizlarga surat-shakl berib suratlaringizni goʻzal qilgan hamda sizlarni halol-pok narsalardan rizqlantirgan Zotdir. Mana shu Alloh Parvardigoringizdir. Bas, barcha odamlarning Parvardigori boʻlmish Alloh barakotli — buyukdir.Аллоҳ сизлар учун Ерни қароргоҳ, осмонни том қилиб қўйган ва сизларга сурат-шакл бериб суратларингизни гўзал қилган ҳамда сизларни ҳалол-пок нарсалардан ризқлантирган Зотдир. Мана шу Аллоҳ Парвардигорингиздир. Бас, барча одамларнинг Парвардигори бўлмиш Аллоҳ баракотли — буюкдир.

474-sahifa · 24-juz · 48-hizb474-саҳифа · 24-жуз · 48-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
ٱللَّهُAllohАллоҳٱلَّذِىoʻsha zotdirkiўша зотдиркиجَعَلَqilganқилганلَكُمُsizgaсизгаٱلْأَرْضَyerniерниقَرَارًۭاqarorgohқароргоҳوَٱلسَّمَآءَva osmonniва осмонниبِنَآءًۭtom (bino)том (бино)وَصَوَّرَكُمْva suvratlaringizni yasadiва сувратларингизни ясадиفَأَحْسَنَbas, goʻzal qildiбас, гўзал қилдиصُوَرَكُمْsuvratlaringizniсувратларингизниوَرَزَقَكُمva sizga rizq berdiва сизга ризқ бердиمِّنَ-dan-данٱلطَّيِّبَـٰتِ ۚpok narsalarпок нарсаларذَٰلِكُمُana oʻshaана ўшаٱللَّهُAllohАллоҳرَبُّكُمْ ۖRobbingizdirРоббингиздирفَتَبَارَكَbas, yuksak-barakotli boʻldiбас, юксак-баракотли бўлдиٱللَّهُAllohАллоҳرَبُّRobbiРоббиٱلْعَـٰلَمِينَolamlarningоламларнинг
TafsirТафсир

Ushbu oyati karimada Alloh taolo Oʻzining bandalariga bergan neʼmatlaridan baʼzilarini eslatib oʻtmoqda.

«Alloh sizga yerni qarorgoh, osmonni tom qilgan...» zotdir.

Yer odam bolasi uchun Alloh tomonidan qarorgoh qilingan. U, yerdan boshqa joyda qaror topa olmaydi. Yerdan yuqoriga koʻtarilgan inson vaznsizlik holatiga uchraydi. Oyogʻini xohlagan joyiga qoʻya olmaydi, qarorini yoʻqotadi. Unga havo yetishmaydi. Yerning ostida ham unga qaror yoʻq. Faqat yer ustidagina inson qaror topadi. Yerni inson hayoti uchun hamma tomondan rostlab, toʻgʻrilab qoʻygan zot Alloh taolodir. Oʻsha imkoniyatlardan birortasini bosh- qa biror kimsa yarata olmaydi. Shunday ekan, inson Allohga hamd aytishi, ibodat qilishi lozim.

Osmonni inson uchun tom qilib qoʻygan zot ham Allohdir. Agar Alloh inson uchun osmonni tom qilib bermasa, kim ham bu ishni uddalay olardi. Shunday ekan, inson Allohga hamd aytishi, ibodat qilishi lozim. Alloh taolo:

«va sizlarning suvratlaringizni goʻzal suvratda qilgan...» zotdir.

Inson oʻz suvratiga qarasin. Uning jussasi qanday goʻzal. Agar aʼzolaridan birortasi salgina oʻzgarib qolsa, bu goʻzallikning qadrini biladi. Albatta, unga bu suvratni Allohdan boshqa hech kim bera olmaydi. Shunday boʻlganidan keyin, inson Allohga hamd aytishi, ibodat qilishi lozim.

«...sizlarga pok narsalardan rizq bergan zotdir.»

Inson hayotiga zarur rizqni beradigan zot ham Alloh taolodir. Agar Alloh taolo insonga berib turgan pok rizqlardan baʼzisi yoʻq boʻlib qolsa, hech kim uning oʻrnini toʻldira olmaydi. Rizqning hammasi Alloh taolodan. Shunday boʻlganidan keyin, inson oʻziga rizq berguvchi Alloh taologa iymon keltirishi, Ungagina ibodat qilishi lozim.

«Ana oʻsha Alloh Robbingizdir.»

Ana oʻsha sifatlarga ega boʻlgan zot sizning Robbingizdir, ey odamlar! Sizning yaratuvchingizu sizga rizq beruvchingiz ham, tadbiringizni qiluvchi ham U, tarbiyakunandangiz ham Uning Oʻzidir.

«Bas, olamlarning Robbi Alloh barakotli (yuksak) boʻldi.»

Yaʼni, Alloh faqat insonlarning emas, butun olamlarning Robbi–yaratuvchisi, rizq beruvchisi, tadbirini qiluvchisi va tarbiyakunandasidir. U zot hamma narsadan yuksakdir, hamma narsadan barakotlidir.