۞ قُلْ إِنِّى نُهِيتُ أَنْ أَعْبُدَ ٱلَّذِينَ تَدْعُونَ مِن دُونِ ٱللَّهِ لَمَّا جَآءَنِىَ ٱلْبَيِّنَـٰتُ مِن رَّبِّى وَأُمِرْتُ أَنْ أُسْلِمَ لِرَبِّ ٱلْعَـٰلَمِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Sen: «Albatta, men o`zimga Robbimdan ochiq-oydin hujjatlar kelgan paytda siz iltijo etayotgan narsalarga ibodat qilishdan qaytarilganman va olamlarning Robbiga taslim bo`lishga amr etildim», deb ayt.Сен: «Албатта, мен ўзимга Роббимдан очиқ-ойдин ҳужжатлар келган пайтда сиз илтижо этаётган нарсаларга ибодат қилишдан қайтарилганман ва оламларнинг Роббига таслим бўлишга амр этилдим», деб айт.Alauddin Mansour: (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), ayting: «Shak-shubhasiz, men oʻzimga Parvardigorim tomonidan aniq hujjatlar kelgan paytida, sizlar Allohni qoʻyib, duo-iltijo qilayotgan butlarga ibodat qilishdan qaytarildim va barcha olamlarning Parvardigoriga boʻyinsunishga buyurildim».(Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), айтинг: «Шак-шубҳасиз, мен ўзимга Парвардигорим томонидан аниқ ҳужжатлар келган пайтида, сизлар Аллоҳни қўйиб, дуо-илтижо қилаётган бутларга ибодат қилишдан қайтарилдим ва барча оламларнинг Парвардигорига бўйинсунишга буюрилдим».
Alloh taoloning yakkayu yagona ibodatga sazovor zot ekaniga dalolat qiluvchi sifatlari zikr etilib, ularga izohlar ham berilib boʻlgach, bu oyatda Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamga Allohdan oʻzgaga ibodat qilmasliklarini, faqat Alloh taoloning Oʻzigagina boʻysunib, Ungagina ibodat qilishlarini eʼlon etish topshirilmoqda.
«Albatta, men oʻzimga Robbimdan ochiq-oydin hujjatlar kelgan paytda siz iltijo etayotgan narsalarga ibodat qilishdan qaytarilganman...»
Robbim Allohdan menga ochiq-oydin oyatlar kelib, ularda sizlar iltijo etayotgan soxta xudolarga ibodat qilishdan qaytarilganman. Men Allohdan oʻzgaga zinhor ibodat qilmayman.
«...olamlarning Robbiga taslim boʻlishga amr etildim.»
Butun olamlarga Robb boʻlgan, yaratuvchi, rizq beruvchi, tadbir qiluvchi zot Allohga oʻzimni butunlay topshirishga–musulmon boʻlishga amr etildim. Men Ul zotdan boshqaga zinhor taslim boʻlmayman.
Ushbu oyatdan keyin yana Alloh taoloning qudratiga va vahdoniyatiga dalolat qiluvchi oyatlar haqida soʻz boradi. Avval borliqdagi mavjudotlardan dalil va hujjatlar keltirilgan boʻlsa, endi insonning oʻzidan misollar olinadi.