QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ghafir surasi · Oyatсураси · Оят72

فِى ٱلْحَمِيمِ ثُمَّ فِى ٱلنَّارِ يُسْجَرُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: O`ta qaynoq suvga, so`ngra olovda kuydirilurlar.Ўта қайноқ сувга, сўнгра оловда куйдирилурлар.Alauddin Mansour: qaynoq suv tomonga, soʻngra olovda yondirilurlar.қайноқ сув томонга, сўнгра оловда ёндирилурлар.

475-sahifa · 24-juz · 48-hizb475-саҳифа · 24-жуз · 48-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
فِىichigaичигаٱلْحَمِيمِoʻta qaynoq suvўта қайноқ сувثُمَّsoʻngraсўнграفِى-da-даٱلنَّارِolovоловيُسْجَرُونَkuydirilurlarкуйдирилурлар
TafsirТафсир

Yaʼni, Qurʼonni va Paygʻambarlarga kelgan vahiyni inkor etganlarning boʻyinlariga qiyomat kunida kishan solinib, zanjir bogʻlanadi va farishtalar oʻsha zanjirlardan tortqilagan holda ularni oʻta qaynoq suv tomon sudraydilar. U suvda maʼlum muddat azoblanganlaridan soʻng, ularni yana sudrab, olovga olib boriladi. U yerda kuydiriladi. Ana oʻshanda, Qurʼonni inkor qilishning oqibati qanday boʻlishini biladilar. Ana oʻshanda, Paygʻambarlarga kelgan vahiyni inkor qilishning oqibati qanday boʻlishini bilib oladilar.