ثُمَّ قِيلَ لَهُمْ أَيْنَ مَا كُنتُمْ تُشْرِكُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: So`ngra ularga: «Shirk keltirib yurgan narsalaringiz qani.Сўнгра уларга: «Ширк келтириб юрган нарсаларингиз қани.Alauddin Mansour: Soʻngra ularga: «Sizlar shirk keltirib oʻtgan butlaringiz qani?», deyiladi.Сўнгра уларга: «Сизлар ширк келтириб ўтган бутларингиз қани?», дейилади.
Qaynoq suv va olovning azobini tatib koʻrgan oʻsha jahannamiylarga:
«Shirk keltirib yurgan narsalaringiz qani, Allohdan oʻzga?!»– deyildi».
Siz shunchalar azob-uqubatlarga duchor boʻlyapsiz. U dunyoda Allohdan oʻzga bir qancha narsalarga ibodat qilgan edingiz. «Bular bizni azoblardan qutqaradi», deb Allohga shirk keltirgan edingiz. Allohga sherik qilgan oʻsha narsalaringiz endi qani? Nima uchun ular kelib, sizlarni qutqarib olmayaptilar?–deb soʻraladi.
«Ular: «Bizdan yoʻqolib qoldilar...» deb beixtiyor javob berib turib, keyin birdan gaplarini oʻzgartiradilar:
«Yoʻq. Oldin hech narsaga iltijo qilmagan edik», dedilar».
Yaʼni, avval haqiqatni–soxta xudolarining oʻzlaridan yoʻqolib qolganlarini, azobdan saqlab qola olmayotganlarini tan olib turib, keyin tona boshladilar. Yoʻq, yoʻq, biz oldin hech kimni shirk keltirmagan edik, deyishga oʻtdilar.
«Alloh kofirlarni shunday qilib, zalolatga ketkazur.»
Soʻngra, mushriklarga qarata ushbu itob soʻzlari aytiladi: