مِن دُونِ ٱللَّهِ ۖ قَالُوا۟ ضَلُّوا۟ عَنَّا بَل لَّمْ نَكُن نَّدْعُوا۟ مِن قَبْلُ شَيْـًٔا ۚ كَذَٰلِكَ يُضِلُّ ٱللَّهُ ٱلْكَـٰفِرِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Allohdan o`zga?!» – deyildi. Ular: «Bizdan yo`qolib qoldilar. Yo`q. Oldin hech narsaga iltijo qilmagan edik», dedilar. Alloh kofirlarni shunday qilib zalolatga ketkazur.Аллоҳдан ўзга?!» – дейилди. Улар: «Биздан йўқолиб қолдилар. Йўқ. Олдин ҳеч нарсага илтижо қилмаган эдик», дедилар. Аллоҳ кофирларни шундай қилиб залолатга кетказур.Alauddin Mansour: Allohni qoʻyib (shirk keltirgan narsalarinngiz qani?, deyiladi). (Shunda) ular: «U (butlar) bizning koʻzimiz)dan gʻoyib boʻlib qolishdi. Yoʻq-yoʻq, bizlar ilgari hayoti dunyoda) hech narsaga duo-iltijo qilgan emasmiz», dedilar. Alloh kofirlarni mana shunday yoʻldan ozdirur.Аллоҳни қўйиб (ширк келтирган нарсалариннгиз қани?, дейилади). (Шунда) улар: «У (бутлар) бизнинг кўзимиз)дан ғойиб бўлиб қолишди. Йўқ-йўқ, бизлар илгари ҳаёти дунёда) ҳеч нарсага дуо-илтижо қилган эмасмиз», дедилар. Аллоҳ кофирларни мана шундай йўлдан оздирур.
Qaynoq suv va olovning azobini tatib koʻrgan oʻsha jahannamiylarga:
«Shirk keltirib yurgan narsalaringiz qani, Allohdan oʻzga?!»– deyildi».
Siz shunchalar azob-uqubatlarga duchor boʻlyapsiz. U dunyoda Allohdan oʻzga bir qancha narsalarga ibodat qilgan edingiz. «Bular bizni azoblardan qutqaradi», deb Allohga shirk keltirgan edingiz. Allohga sherik qilgan oʻsha narsalaringiz endi qani? Nima uchun ular kelib, sizlarni qutqarib olmayaptilar?–deb soʻraladi.
«Ular: «Bizdan yoʻqolib qoldilar...» deb beixtiyor javob berib turib, keyin birdan gaplarini oʻzgartiradilar:
«Yoʻq. Oldin hech narsaga iltijo qilmagan edik», dedilar».
Yaʼni, avval haqiqatni–soxta xudolarining oʻzlaridan yoʻqolib qolganlarini, azobdan saqlab qola olmayotganlarini tan olib turib, keyin tona boshladilar. Yoʻq, yoʻq, biz oldin hech kimni shirk keltirmagan edik, deyishga oʻtdilar.
«Alloh kofirlarni shunday qilib, zalolatga ketkazur.»
Soʻngra, mushriklarga qarata ushbu itob soʻzlari aytiladi: