QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ghafir surasi · Oyatсураси · Оят75

ذَٰلِكُم بِمَا كُنتُمْ تَفْرَحُونَ فِى ٱلْأَرْضِ بِغَيْرِ ٱلْحَقِّ وَبِمَا كُنتُمْ تَمْرَحُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Mana shular yer yuzida nohaqdan shodlanib yurganingiz va kibru havoga berilib yurganingiz uchundir.Мана шулар ер юзида ноҳақдан шодланиб юрганингиз ва кибру ҳавога берилиб юрганингиз учундир.Alauddin Mansour: Mana shu (jahannam azobiga yoʻliqishlaringiz)ga sabab sizlar Yerda (oʻzlaringiz qilgan ayshu ishrat va gunoh-maʼsiyatlar bilan) nohaq shodu hurram boʻlganlaringiz va kibru havo qilganlaringizdir.Мана шу (жаҳаннам азобига йўлиқишларингиз)га сабаб сизлар Ерда (ўзларингиз қилган айшу ишрат ва гуноҳ-маъсиятлар билан) ноҳақ шоду ҳуррам бўлганларингиз ва кибру ҳаво қилганларингиздир.

475-sahifa · 24-juz · 48-hizb475-саҳифа · 24-жуз · 48-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
ذَٰلِكُمmana shularingizмана шуларингизبِمَاsababidandirсабабидандирكُنتُمْedingizэдингизتَفْرَحُونَshodlanib yurganшодланиб юрганفِى-da-даٱلْأَرْضِyer yuziер юзиبِغَيْرِ-siz-сизٱلْحَقِّhaqҳақوَبِمَاva sababidandirва сабабидандирكُنتُمْedingizэдингизتَمْرَحُونَkibru havoga berilib yurganкибру ҳавога берилиб юрган
TafsirТафсир

Ey, mushriklar, mana shu tortayotgan azoblaringiz hayoti dunyoda hovliqib, gunoh ishlar qilib, harom bilan mashgʻul boʻlib, nohaqdan shodu xurram yurganingiz uchundir. Mana shu tortayotgan azoblaringiz hayoti dunyoda kibru havoga berilib, oʻzingizdan ketib, hech kimni, hatto Alloh taoloni ham tanimay, tan olmay yurganingiz uchundir.