ٱدْخُلُوٓا۟ أَبْوَٰبَ جَهَنَّمَ خَـٰلِدِينَ فِيهَا ۖ فَبِئْسَ مَثْوَى ٱلْمُتَكَبِّرِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Jahannam eshiklaridan unda abadiy qolguvchi bo`lgan holingizda kiringlar. Mutakabbirlarning joyi naqadar yomon!Жаҳаннам эшикларидан унда абадий қолгувчи бўлган ҳолингизда киринглар. Мутакаббирларнинг жойи нақадар ёмон!Alauddin Mansour: Jahannam darvozalaridan u joyda mangu qolguvchi boʻlgan hollaringizda kiringiz! Bas, mutakabbir kimsalarning joyi naqadar yomon boʻldi!Жаҳаннам дарвозаларидан у жойда мангу қолгувчи бўлган ҳолларингизда кирингиз! Бас, мутакаббир кимсаларнинг жойи нақадар ёмон бўлди!
Bu oyatlarda vasf qilingan jahannamdan-da yomon joy boʻlmasa kerak.
Kofiru mushriklarga tahdidli eslatmalar mana shu nuqtaga yetganida, Alloh taolo Oʻz Paygʻambari Muhammad sollallohu alayhi vasallamga xitob qilib, u zotni kofiru mushriklarning johilligiga, ochiq-oydin haqiqatlarni koʻr-koʻrona inkor etib koʻrsatayotgan ozorlariga sabr qilishga daʼvat etadi va yana bir qancha tasallilar beradi: