QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ghafir surasi · Oyatсураси · Оят77

فَٱصْبِرْ إِنَّ وَعْدَ ٱللَّهِ حَقٌّ ۚ فَإِمَّا نُرِيَنَّكَ بَعْضَ ٱلَّذِى نَعِدُهُمْ أَوْ نَتَوَفَّيَنَّكَ فَإِلَيْنَا يُرْجَعُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Bas, sabr qil. Albatta, Allohning va'dasi haqdir. Endi Biz yoki senga ularga va'da qilgan narsalarimizning ba'zilarini ko`rsaturmiz yoki seni vafot ettirurmiz. Bas, Bizgagina qaytarilurlar.Бас, сабр қил. Албатта, Аллоҳнинг ваъдаси ҳақдир. Энди Биз ёки сенга уларга ваъда қилган нарсаларимизнинг баъзиларини кўрсатурмиз ёки сени вафот эттирурмиз. Бас, Бизгагина қайтарилурлар.Alauddin Mansour: Bas, (ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom, sizga mushriklar tomonidan yetayotgan ozor-aziyyatlarga) sabr qiling — zero Allohning (Oʻz paygʻambari va moʻminlarga yordam berish va kofirlarni azoblash haqidagi) vaʼdasi haqdir! Endi agar Biz sizga oʻsha (kofirlar)ga vaʼda qilayotganimiz (azob)dan ayrimlarini koʻrsatsak (yaʼni, siz hayotlik paytingizda ularni ayrim azob-uqubatlarga duchor qilsak, koʻrarsiz yoki sizni (ularga azob tushirshimizdan ilgari) vafot topdirsak, u holda ham yolgʻiz Oʻzimizga qaytarilurlar.Бас, (эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом, сизга мушриклар томонидан етаётган озор-азийятларга) сабр қилинг — зеро Аллоҳнинг (Ўз пайғамбари ва мўминларга ёрдам бериш ва кофирларни азоблаш ҳақидаги) ваъдаси ҳақдир! Энди агар Биз сизга ўша (кофирлар)га ваъда қилаётганимиз (азоб)дан айримларини кўрсатсак (яъни, сиз ҳаётлик пайтингизда уларни айрим азоб-уқубатларга дучор қилсак, кўрарсиз ёки сизни (уларга азоб туширшимиздан илгари) вафот топдирсак, у ҳолда ҳам ёлғиз Ўзимизга қайтарилурлар.

475-sahifa · 24-juz · 48-hizb475-саҳифа · 24-жуз · 48-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
فَٱصْبِرْbas, sabr qilбас, сабр қилإِنَّalbattaалбаттаوَعْدَvaʼdasiваъдасиٱللَّهِAllohningАллоҳнингحَقٌّۭ ۚhaqdirҳақдирفَإِمَّاendi yokiэнди ёкиنُرِيَنَّكَsenga koʻrsatamizсенга кўрсатамизبَعْضَbaʼzilariniбаъзилариниٱلَّذِىoʻsha narsaningўша нарсанингنَعِدُهُمْularga vaʼda qilganуларга ваъда қилганأَوْyokiёкиنَتَوَفَّيَنَّكَseni vafot ettiramizсени вафот эттирамизفَإِلَيْنَاbas, Bizgaginaбас, Бизгагинаيُرْجَعُونَqaytarilurlarқайтарилурлар
TafsirТафсир

Ey Paygʻambar, sen Allohning dini yoʻlida kofir va mushriklardan kelayotgan ozorlar, qiyinchiliklar va boshqa mashaqqatlarga:

«Bas, sabr qil».

Bu yoʻlda sabr kerak. Sabr qil va bilki:

«Albatta, Allohning vaʼdasi haqdir».

Alloh nimani vaʼda qilgan boʻlsa, albatta ado etadi. U bergan vaʼdasiga albatta vafo qiladi. U vaʼda qilgan narsa albatta boʻladi. Alloh Paygʻambarlariga va moʻmin bandalariga nusrat berishni vaʼda qildimi, albatta beradi. Kofirlarni azoblashni vaʼda qildimi, albatta azobga soladi.

«Endi Biz yoki senga ularga vaʼda qilgan narsalarimizning baʼzilarini koʻrsatamiz yoki seni vafot ettiramiz.»

Yaʼni, ey Paygʻambar, bu sening emas, Bizning ishimiz. Sening ishing sabr ila odamlarga Allohning dinini yetkazishdir. Boshqasi bilan ishing boʻlmasin. Biz xohlasak, kofirlarga oʻzimiz vaʼda qilgan azoblarning baʼzilarini yuborganimizni senga koʻrsatamiz. Yoki xohlasak, ularni azoblashdan oldin seni vafot ettirib yuboramiz. Ularning azoblanishlarini koʻrishing shart emas.

«Bas, Bizgagina qaytarilurlar.»

Bizdan boshqaga qaytarilmaslar. Ular bilan qanday muomala qilishni esa, Oʻzimiz yaxshi bilamiz.