QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ghafir surasi · Oyatсураси · Оят78

وَلَقَدْ أَرْسَلْنَا رُسُلًا مِّن قَبْلِكَ مِنْهُم مَّن قَصَصْنَا عَلَيْكَ وَمِنْهُم مَّن لَّمْ نَقْصُصْ عَلَيْكَ ۗ وَمَا كَانَ لِرَسُولٍ أَن يَأْتِىَ بِـَٔايَةٍ إِلَّا بِإِذْنِ ٱللَّهِ ۚ فَإِذَا جَآءَ أَمْرُ ٱللَّهِ قُضِىَ بِٱلْحَقِّ وَخَسِرَ هُنَالِكَ ٱلْمُبْطِلُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Batahqiq, Biz sendan oldin ham Payg`ambarlar yuborganmiz. Ulardan kimningdir qissasini senga aytdik va ulardan kimningdir qissasini senga aytmadik. Hech Payg`ambar Allohning iznisiz oyat (mo`'jiza) keltirgan emas. Bas, qachonki Allohning amri kelganida, haq ila hukm chiqarilur va o`shanda botil ish qilib yurguvchilar ziyon torturlar.Батаҳқиқ, Биз сендан олдин ҳам Пайғамбарлар юборганмиз. Улардан кимнингдир қиссасини сенга айтдик ва улардан кимнингдир қиссасини сенга айтмадик. Ҳеч Пайғамбар Аллоҳнинг изнисиз оят (мўъжиза) келтирган эмас. Бас, қачонки Аллоҳнинг амри келганида, ҳақ ила ҳукм чиқарилур ва ўшанда ботил иш қилиб юргувчилар зиён тортурлар.Alauddin Mansour: Aniqki, Biz sizdan ilgari (koʻp) paygʻambar yuborgandirmiz. Ulardan Biz sizga hikoya qilib bergan kishilar ham bor, yana ulardan Biz sizga hikoya qilmagan kishilar ham bordir. Biron paygʻambar uchun — Allohning iznu-irodasidan tashqari biron oyat-moʻʼjiza keltirish joiz boʻlgan emas (yaʼni, har bir paygʻambar faqat Alloh unga amr qilgan moʻʼjizalarnigina keltirgandir). Bas, qachon Allohning (kofirlarga azob tushishi toʻgʻrisidagi) amri kelgach, (paygʻambarlar va ularni yolgʻonchi qilgan kofirlar oʻrtasida) haq (hukm) bilan hukm qilinur va oʻshanda buzgʻunchi kimsalar ziyonkor boʻlurlar.Аниқки, Биз сиздан илгари (кўп) пайғамбар юборгандирмиз. Улардан Биз сизга ҳикоя қилиб берган кишилар ҳам бор, яна улардан Биз сизга ҳикоя қилмаган кишилар ҳам бордир. Бирон пайғамбар учун — Аллоҳнинг изну-иродасидан ташқари бирон оят-мўъжиза келтириш жоиз бўлган эмас (яъни, ҳар бир пайғамбар фақат Аллоҳ унга амр қилган мўъжизаларнигина келтиргандир). Бас, қачон Аллоҳнинг (кофирларга азоб тушиши тўғрисидаги) амри келгач, (пайғамбарлар ва уларни ёлғончи қилган кофирлар ўртасида) ҳақ (ҳукм) билан ҳукм қилинур ва ўшанда бузғунчи кимсалар зиёнкор бўлурлар.

476-sahifa · 24-juz · 48-hizb476-саҳифа · 24-жуз · 48-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَلَقَدْva batahqiqва батаҳқиқأَرْسَلْنَاBiz yuborganmizБиз юборганмизرُسُلًۭاPaygʻambarlarПайғамбарларمِّن-dan-данقَبْلِكَsendan oldinсендан олдинمِنْهُمulardanуларданمَّنkimningdirкимнингдирقَصَصْنَاqissasini aytdikқиссасини айтдикعَلَيْكَsengaсенгаوَمِنْهُمva ulardanва уларданمَّنkimningdirкимнингдирلَّمْemasэмасنَقْصُصْqissasini aytdikқиссасини айтдикعَلَيْكَ ۗsengaсенгаوَمَاva emasва эмасكَانَboʻlganбўлганلِرَسُولٍhech Paygʻambar uchunҳеч Пайғамбар учунأَن-ki-киيَأْتِىَkeltirsaкелтирсаبِـَٔايَةٍoyat-moʻʼjizaоят-мўъжизаإِلَّاmagarмагарبِإِذْنِizni ilaизни илаٱللَّهِ ۚAllohningАллоҳнингفَإِذَاbas, qachonkiбас, қачонкиجَآءَkelganidaкелганидаأَمْرُamriамриٱللَّهِAllohningАллоҳнингقُضِىَhukm chiqarilurҳукм чиқарилурبِٱلْحَقِّhaq ilaҳақ илаوَخَسِرَva ziyon torturlarва зиён тортурларهُنَالِكَoʻshandaўшандаٱلْمُبْطِلُونَbotil ish qilguvchilarботил иш қилгувчилар
TafsirТафсир

Iymon bilan kufr orasidagi kurash Muhammad sollallohu alayhi vasallam Paygʻambar boʻlib kelgan, ilohiy dastur Qurʼoni Karim tushirilgan davrdangina boshlangan emas. Kofirlar tomonidan inkor etilayotgan din faqat bugungi Islom emas. Kofirlarning ozoriga, inkoriga uchrayotgan birgina Muhammad sollallohu alayhi vasallam emaslar. Kofirlarning tazyiqiga, azobiga, ozoriga, quvgʻiniga uchrayotganlar faqatgina bugungi musulmonlar emas.

«Batahqiq, Biz sendan oldin ham Paygʻambarlar yuborganmiz.»

Ular ham xuddi senga oʻxshab turli qiyinchiliklarga duchor boʻlganlar. Mashaqqat tortganlar.

«Ulardan kimningdir qissasini senga aytdik va ulardan kimningdir qissasini senga aytmadik.»

Alloh taolo Qurʼoni Karimda Paygʻambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamga va u zotning ummatlariga oʻtgan Paygʻambarlardan yigirma toʻrttasining qissasini aytgan. Oʻsha qissalarning hammasi bilan tanishib chiqildi. Ularning hammasida kofirlar tomonidan Paygʻambar alayhimussalomlarga va moʻminlarga turli ozorlar berilgani, azob-uqubatlar yogʻdirilgani haqida turli maʼlumotlarga ega ham boʻlindi. Yana, Qurʼoni Karimda qissalari kelmagan qanchadan-qancha Paygʻambar alayhimussalomlar oʻtgan boʻlib, ular ham qiyinchilik, ozor va mashaqqatlarga duchor boʻlganlar.

Har bir moʻmin iymon, Islom yoʻlida mashaqqat tortayotganda, kofirlarning zulmlari haddan oshgan paytda: Alloh taolo bir moʻʼjiza koʻrsatsayu Oʻzining dini haq ekanini kofirlarga bildirib qoʻysa, deb orzu qiladi. Ehtimol, ushbu oyatlar nozil boʻlayotgan davrda ham musulmonlarning xayolidan, Muhammad Mustafo sollallohu alayhi vasallamning xayollaridan ham shunga oʻxshash oʻylar oʻtgan boʻlsa kerak. Shuning uchun ham, Alloh taolo oyatning davomida:

«Hech Paygʻambar Allohning iznisiz oyat (moʻʼjiza) keltirgan emas», demoqda.

Paygʻambarlar oʻz hollaricha odamlarga moʻʼjiza koʻrsatib, ularni lol qoldirishga uringan emaslar. Chunki, bu ularning ishi emas. Ularning ishi Allohning taʼlimotlarini xalqqa yetkazishdir. Moʻʼjiza koʻrsatish esa, Allohga xos ishdir. U zot Oʻzi xohlagan vaqtida, Oʻzi xohlagan Paygʻambariga moʻʼjizani va uni koʻrsatish iznini beradi. Boshqa vaqtlarda Paygʻambarlar moʻʼjiza koʻrsatish haqida tashvish qilishlari kerak emas.

«Bas, qachonki Allohning amri kelganida, haq ila hukm chiqarilur va oʻshanda botil ish qilib yurguvchilar ziyon torturlar.»

Yaʼni, ularni azoblash uchun belgilangan vaqt kelganida, haq ila hukm chiqariladi va ishlari rasvo boʻladi. Chunki, haq ila hukm chiqarilganida, botil ish qilib yuruvchilar ziyon tortadilar. Ular bu dunyoda Allohning oyatlari haqida botil yoʻl ila talashib-tortishgan, botil yoʻl bilan turli moʻʼjizalar boʻlishini talab etishgan va boshqa botil ishlarni qilishgan edi.

Endi keladigan oyatlarda moʻʼjiza talab qilganlar eʼtiboriga doimiy moʻʼjizalar taqdim etiladi: