QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ghafir surasi · Oyatсураси · Оят79

ٱللَّهُ ٱلَّذِى جَعَلَ لَكُمُ ٱلْأَنْعَـٰمَ لِتَرْكَبُوا۟ مِنْهَا وَمِنْهَا تَأْكُلُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Alloh sizlarga chorva hayvonlarini ulardan ba'zilarini minishingiz uchun yaratdi. Ulardan ba'zilarini yersizlar.Аллоҳ сизларга чорва ҳайвонларини улардан баъзиларини минишингиз учун яратди. Улардан баъзиларини ерсизлар.Alauddin Mansour: Alloh sizlar uchun chorva hayvonlarini (toki) sizlar oʻsha (hayvon)lardan (ayrimlarini) minishlaringiz uchun (paydo) qildi. Oʻsha (hayvon)lardan yeysizlar ham.Аллоҳ сизлар учун чорва ҳайвонларини (токи) сизлар ўша (ҳайвон)лардан (айримларини) минишларингиз учун (пайдо) қилди. Ўша (ҳайвон)лардан ейсизлар ҳам.

476-sahifa · 24-juz · 48-hizb476-саҳифа · 24-жуз · 48-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
ٱللَّهُAllohАллоҳٱلَّذِىshunday zotkiшундай зоткиجَعَلَyaratdiяратдиلَكُمُsizlargaсизларгаٱلْأَنْعَـٰمَchorva hayvonlariniчорва ҳайвонлариниلِتَرْكَبُوا۟minishingiz uchunминишингиз учунمِنْهَاulardan baʼzilariniулардан баъзилариниوَمِنْهَاva ulardan baʼzilariniва улардан баъзилариниتَأْكُلُونَyersizlarерсизлар
TafsirТафсир

Ey, Allohning birligi va borligiga, cheksiz qudrat sohibi ekaniga dalolat istovchilar, sizga moʻʼjiza kerak boʻlsa, chorva hayvonlariga bir nazar solinglar.

«Alloh sizlarga chorva hayvonlarini ulardan baʼzilarini minishingiz uchun yaratdi.»

Dunyo bunyod boʻlganidan beri hamma bir boʻlib ham birorta chorva hayvonini yoki oʻsha hayvonning biror tukini yarata olmagan. Ularning hammasini Alloh yaratgan. Ularning baʼzilarini odamlar minadilar. Allohdan boshqa hech bir zot bu ishni qila olmaydi.

«Ulardan baʼzilarini yersizlar.»

Chorva hayvonlarining goʻshti insonlar uchun eng zarur ozuqa hisoblanadi. Agar Alloh taolo bu ozuqani bermaganida, kim berardi?