وَلَكُمْ فِيهَا مَنَـٰفِعُ وَلِتَبْلُغُوا۟ عَلَيْهَا حَاجَةً فِى صُدُورِكُمْ وَعَلَيْهَا وَعَلَى ٱلْفُلْكِ تُحْمَلُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Siz uchun ularda manfaatlar bor. Va ular ustida dillaringizdagi hojatlarga yetishishingiz uchundir. Ularda va kemalarda tashilursiz.Сиз учун уларда манфаатлар бор. Ва улар устида дилларингиздаги ҳожатларга етишишингиз учундир. Уларда ва кемаларда ташилурсиз.Alauddin Mansour: Sizlar uchun ularda (koʻp) foydalar bordir. (U hayvonlar) sizlar ularning ustida dillaringizdagi hojatlaringizga yetishlariigiz uchun ham (yaratilgandirlar). Sizlarni (quruqlikda) oʻsha (hayvonlar) ustida va daryo-dengizlarda esa (kemalarda) (koʻzlagan manzillaringizga) eltib qoʻyilur.Сизлар учун уларда (кўп) фойдалар бордир. (У ҳайвонлар) сизлар уларнинг устида дилларингиздаги ҳожатларингизга етишлариигиз учун ҳам (яратилгандирлар). Сизларни (қуруқликда) ўша (ҳайвонлар) устида ва дарё-денгизларда эса (кемаларда) (кўзлаган манзилларингизга) элтиб қўйилур.
Chorva hayvonlarida, yuqorida zikr qilingan foydalardan tashqari, inson uchun yana koʻpgina manfaatlar ham bor. Misol uchun, juni, suti, terisi, yogʻi va boshqalar.
Odamlar hayvonlarga minib, yuklarini ustiga ortib, koʻngillaridagi hojatlarini ravo qilish uchun uzoq joylarga borganlar. Bu, ayniqsa, ushbu oyatlar nozil boʻlayotgan, hayvonlardan boshqa ulov boʻlmagan vaqtda oʻziga xos ulkan ahamiyat kasb etgan.
«Ularda va kemalarda tashilursiz.»
Oʻsha paytlarda inson ulov sifatida asosan hayvonlar va kemalardan foydalangan. Bu ikkisini ham unga Alloh bergan boʻlib, U zotdan oʻzga hech kim ularni insonga taqdim etishi mumkin emas. Aqlini ishlatgan, oʻzini tanigan, qalbida kibru havo, mutakabbirlik boʻlmagan inson uchun shuning oʻzi ulkan moʻʼjiza emasmi!