QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Fussilat surasi · Oyatсураси · Оят50

وَلَئِنْ أَذَقْنَـٰهُ رَحْمَةً مِّنَّا مِنۢ بَعْدِ ضَرَّآءَ مَسَّتْهُ لَيَقُولَنَّ هَـٰذَا لِى وَمَآ أَظُنُّ ٱلسَّاعَةَ قَآئِمَةً وَلَئِن رُّجِعْتُ إِلَىٰ رَبِّىٓ إِنَّ لِى عِندَهُۥ لَلْحُسْنَىٰ ۚ فَلَنُنَبِّئَنَّ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ بِمَا عَمِلُوا۟ وَلَنُذِيقَنَّهُم مِّنْ عَذَابٍ غَلِيظٍ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Agar Biz unga uni tutgan zarardan so`ng O`zimizdan rahmat tottirsak, albatta, u: «Bu menikidir. Men soat(qiyomat) qoim bo`lur, deb o`ylamayman. Agar Robbimga qaytarilsam, albatta, men uchun Uning huzurida go`zal (mukofot) bordir», der. Bas, albatta, kufr keltirganlarga qilgan amallari xabarini berurmiz. Albatta, ularga og`ir azobdan tottirurmiz.Агар Биз унга уни тутган зарардан сўнг Ўзимиздан раҳмат тоттирсак, албатта, у: «Бу меникидир. Мен соат(қиёмат) қоим бўлур, деб ўйламайман. Агар Роббимга қайтарилсам, албатта, мен учун Унинг ҳузурида гўзал (мукофот) бордир», дер. Бас, албатта, куфр келтирганларга қилган амаллари хабарини берурмиз. Албатта, уларга оғир азобдан тоттирурмиз.Alauddin Mansour: Qasamki, agar unga biron balo-kulfat yetganidan soʻng Biz Oʻz tomonimizdan boʻlgan biron marhamatni totdirsak, albatta u «Bu yolgʻiz oʻzimning (donoligim va saʼy-harakatim bilan boʻldi). Men (Qiyomat) soati qoyim boʻlishiga ishonmayman. Qasamki, agar (mabodo Qiyomat qoyim boʻlib), men Parvardigorimga qaytarilsam, hech shak-shubhasiz, Uning dargohida ham men uchun goʻzal (oqibat) — jannat boʻlur, der. Bas, (ana oʻsha oʻzlari iymon keltirmagan va yaxshi amal qilmagan hollarida jannatdan xomtamaʼ boʻlib yurgan kimsalar bilsinlarki), albatta Biz kofir boʻlgan kimsalarga oʻzlari qilgan amallarining xabarini berurmiz va albatta ularga qattiq azobni totdirurmiz.Қасамки, агар унга бирон бало-кулфат етганидан сўнг Биз Ўз томонимиздан бўлган бирон марҳаматни тотдирсак, албатта у «Бу ёлғиз ўзимнинг (донолигим ва саъй-ҳаракатим билан бўлди). Мен (Қиёмат) соати қойим бўлишига ишонмайман. Қасамки, агар (мабодо Қиёмат қойим бўлиб), мен Парвардигоримга қайтарилсам, ҳеч шак-шубҳасиз, Унинг даргоҳида ҳам мен учун гўзал (оқибат) — жаннат бўлур, дер. Бас, (ана ўша ўзлари иймон келтирмаган ва яхши амал қилмаган ҳолларида жаннатдан хомтамаъ бўлиб юрган кимсалар билсинларки), албатта Биз кофир бўлган кимсаларга ўзлари қилган амалларининг хабарини берурмиз ва албатта уларга қаттиқ азобни тотдирурмиз.

482-sahifa · 25-juz · 49-hizb482-саҳифа · 25-жуз · 49-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَلَئِنْva agar albattaва агар албаттаأَذَقْنَـٰهُunga tottirsakунга тоттирсакرَحْمَةًۭrahmatраҳматمِّنَّاOʻzimizdanЎзимизданمِنۢ-dan-данبَعْدِsoʻngсўнгضَرَّآءَzarardanзарарданمَسَّتْهُuni tutganуни тутганلَيَقُولَنَّalbatta, u derалбатта, у дерهَـٰذَاbuбуلِىmenikidirменикидирوَمَآva emasва эмасأَظُنُّoʻylaymanўйлайманٱلسَّاعَةَ(Qiyomat) soati(Қиёмат) соатиقَآئِمَةًۭqoim boʻladir debқоим бўладир дебوَلَئِنva agarва агарرُّجِعْتُqaytarilsamқайтарилсамإِلَىٰ-ga-гаرَبِّىٓRobbimgaРоббимгаإِنَّalbattaалбаттаلِىmen uchunмен учунعِندَهُۥUning huzuridaУнинг ҳузуридаلَلْحُسْنَىٰ ۚalbatta, goʻzal (mukofot) borалбатта, гўзал (мукофот) борفَلَنُنَبِّئَنَّbas, albatta, xabarini berurmizбас, албатта, хабарини берурмизٱلَّذِينَkimlarkiкимларкиكَفَرُوا۟kufr keltirdilarкуфр келтирдиларبِمَاnarsalar haqidaнарсалар ҳақидаعَمِلُوا۟ular qilganулар қилганوَلَنُذِيقَنَّهُمva albatta, ularga tottirurmizва албатта, уларга тоттирурмизمِّنْ-dan-данعَذَابٍazobdanазобданغَلِيظٍۢogʻirоғир
TafsirТафсир

Kofir subutsiz, tuturiqsiz boʻladi. Avvalgi oyat oxirida aytilganidek, unga biror zarar, yomonlik yetsa, iymonsizligidan, oʻta tushkunlikka tushib, butunlay noumid boʻlib ketadi. Boshqa oyatlarda taʼkidlanganidek, Allohga yolvora boshlaydi. Ushbu oyatda oʻsha holat davomi haqida soʻz ketadi:

«Agar Biz unga uni tutgan zarardan soʻng Oʻzimizdan rahmat tottirsak, albatta, u: «Bu menikidir. Men soat(qiyomat) qoim boʻlur, deb oʻylamayman».

Kofir insonga uni noumid qilgan, tushkunlikka tushirgan yomonlikdan soʻng Alloh taolo yaxshilik ato etsa, u inson Allohga shukr qilib, hamdu sano aytish oʻrniga, bu yaxshilikka oʻzim erishdim, buni menga hech kim bergani yoʻq, deb magʻrurlanishga oʻtadi. Kechagina tushkunlikka tushib butunlay umidsiz yurganini, Alloh taologa yalinib-yolvorganini unutadi. Oʻz kufri va osiyligida yana davom etaveradi. Oxiratni rad etib, men oxiratga, qiyomat boʻlishiga ishonmayman, deydi. Bu bilan u oʻziga yomonliklar uchun yoʻl ochgandek boʻladi. Chunki, qiyomat qoim boʻlishini faqat yomonlikka mayli borlargina xohlamaydi. Kofir oʻzini kibru havo bilan juda ham yuqori qoʻyadi. Shuning uchun, Allohning neʼmatiga shukr qilmay, bu menikidir, deydi. Shu sababli, u aslida Allohga va qiyomat kuniga ishonmasa ham:

«Agar Robbimga qaytarilsam, albatta, men uchun Uning huzurida goʻzal (mukofot) bordir», der».

Men oʻzim qiyomatga ishonmayman-u, ammo, mabodo, qiyomat rostdan ham boʻlib qolsa, oʻshanda ham menga Allohning huzurida yaxshi mukofotlar boʻladi, deya gumon qiladi. Bu, behuda gʻururdan boshqa narsa emas.

«Bas, albatta, kufr keltirganlarga qilgan amallari xabarini berurmiz.»

Qiyomat kunida Alloh taolo kofirlarga goʻzal mukofotlar emas, bu dunyoda qilgan gunohlarining xabarini beradi.

«Albatta, ularga ogʻir azobdan tottirurmiz.»

Har xil boʻlmagʻur, asossiz fikrlar bilan gʻururlanib, oʻzlarini ovuntirib ovora boʻlmasinlar.