وَهُوَ ٱلَّذِى يُنَزِّلُ ٱلْغَيْثَ مِنۢ بَعْدِ مَا قَنَطُوا۟ وَيَنشُرُ رَحْمَتَهُۥ ۚ وَهُوَ ٱلْوَلِىُّ ٱلْحَمِيدُ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U zot (odamlar) noumid bo`lganlaridan keyin yomg`irni nozil qilur va O`z rahmatini taratur. U valiy va maqtalgan Zotdir.У зот (одамлар) ноумид бўлганларидан кейин ёмғирни нозил қилур ва Ўз раҳматини таратур. У валий ва мақталган Зотдир.Alauddin Mansour: U (odamlar yogʻin-sochindan) umidsizlikka tushganlaridan keyin yomgʻir yogʻdiradigan va Oʻz rahmat-barokotini keng yoyadigan Zotdir. U hamdu sano egasi boʻlgan Doʻstdir.У (одамлар ёғин-сочиндан) умидсизликка тушганларидан кейин ёмғир ёғдирадиган ва Ўз раҳмат-барокотини кенг ёядиган Зотдир. У ҳамду сано эгаси бўлган Дўстдир.
Bu ish ham Alloh taoloning bandalariga fazlu karami alomatidir. Maʼlum joylarda ±mgʻir ±gʻmay qolsa, hamma narsa halokatga yuz tutadi. Odamlar chorasiz qoladilar. Noumid boʻladilar. Ana oʻsha paytda Alloh taolo osmondan ±mgʻir ±gʻdiradi. Bu ±mgʻir hamma narsa uchun Allohning rahmati boʻladi. Yerga jon kiradi. Qurib qolgan oʻsimliklar tirila boshlaydi. Hayvonot olami asta gʻimirlab, harakatga tushadi. Odamlar ham tushkunlikdan chiqib, umid uchqunlari paydo boʻlib, ha±t zavqini tota boshlaydilar.
«U valiy va maqtalgan zotdir.»
Alloh taolo bandalarining valiysi–homiysi, ularning ishlarini boshqarib turuvchi zotdir.
Alloh aslida maqtalgan zotdir, birovning maqtoviga hojati yoʻqdir.