وَمِنْ ءَايَـٰتِهِۦ خَلْقُ ٱلسَّمَـٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ وَمَا بَثَّ فِيهِمَا مِن دَآبَّةٍ ۚ وَهُوَ عَلَىٰ جَمْعِهِمْ إِذَا يَشَآءُ قَدِيرٌ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Uning (qudrati) oyat(belgi)laridan osmonlaru yerning yaratilishi va ularda turli jonivorlarning taratib qo`yilishidir. Va U zot, agar xohlasa, ularni jamlashga qodirdir.Унинг (қудрати) оят(белги)ларидан осмонлару ернинг яратилиши ва уларда турли жониворларнинг таратиб қўйилишидир. Ва У зот, агар хоҳласа, уларни жамлашга қодирдир.Alauddin Mansour: Osmonlar va Yerning yaratilishi hamda (Alloh) ularda tarqatib-yoyib yuborgan jonivorlar Uning (qudrati ilohiyasiga dalolat qiladigan) oyat-alomatlaridandir. U Oʻzi xohlagan vaqtida ularni jamlab-yigʻib olishga qodirdir.Осмонлар ва Ернинг яратилиши ҳамда (Аллоҳ) уларда тарқатиб-ёйиб юборган жониворлар Унинг (қудрати илоҳиясига далолат қиладиган) оят-аломатларидандир. У Ўзи хоҳлаган вақтида уларни жамлаб-йиғиб олишга қодирдир.
Alloh taoloning qudrati cheksiz ekanining belgilari juda ham koʻpdir.
«Uning (qudrati) oyat(belgi)laridan osmonlaru yerning yaratilishi va ularda turli jonivorlarning taratib qoʻyilishidir.»
Allohning cheksiz qudrati belgilarini koʻraman degan shaxs osmonlaru yerga qarasin. Ular oʻzlaricha dun±ga kelib qolgan emas. Dun±da har qanday arzimagan narsa ham oʻzicha paydo boʻlib qolmasligi zarracha aqli bor inson uchun aniq va ravshan. Sonsiz- sanoqsiz ajoyibotlarga ega osmonlaru yer oʻzidan-oʻzi paydo boʻlib qolgani yoʻq. Ularni cheksiz qudrat sohibi Alloh taolo yaratgan. Osmonlaru yer Alloh taoloning cheksiz qudrati belgisidir.
Shuningdek, osmonlaru yerdagi barcha jonivorlarni yaratgan va ularni dun±ga taratib qoʻygan zot ham Allohdir. Ular oʻzlarining koʻpligi, xilma-xilligi va ajoyibotlari bilan Allohning cheksiz qudrat sohibi ekaniga dalolat qiladi.
«Va U zot agar xohlasa, ularni jamlashga qodirdir.»
Qi±mat kuni hammasini mahsharga toʻplash ularni yoʻqdan bor qilib yaratgan Zot uchun hech qiyin emas.
Baʼzi ulamolar ushbu oyatda zikr qilingan «va ularda» (yaʼni, osmonlaru yerda) turli jonivorlarning taratib qoʻyilishi haqida gap kelishidan: ehtimol, boshqa osmonlar va say±ralarda farishtalardan boshqa maxluqotlar ham bordir, degan maʼno chiqaradilar.
Endi keladigan oyatda insonlarga yetadigan musiybatlarning sababi haqida soʻz ketadi: