QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ash-Shura surasi · Oyatсураси · Оят30

وَمَآ أَصَـٰبَكُم مِّن مُّصِيبَةٍ فَبِمَا كَسَبَتْ أَيْدِيكُمْ وَيَعْفُوا۟ عَن كَثِيرٍ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Sizga qaysi bir musiybat yetsa, bas, o`z qo`lingiz qilgan kasbdandir va U zot ko`pini afv qilur.Сизга қайси бир мусийбат етса, бас, ўз қўлингиз қилган касбдандир ва У зот кўпини афв қилур.Alauddin Mansour: (Ey insonlar) sizlarga ne bir musibat yetsa, bas, oʻz qoʻllaringiz qilgan narsa — gunoh sababli (yetur). Yana U koʻp (gunohlarning jazosini bermasdan) afv qilib yuborur.(Эй инсонлар) сизларга не бир мусибат етса, бас, ўз қўлларингиз қилган нарса — гуноҳ сабабли (етур). Яна У кўп (гуноҳларнинг жазосини бермасдан) афв қилиб юборур.

486-sahifa · 25-juz · 49-hizb486-саҳифа · 25-жуз · 49-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَمَآva nimaва нимаأَصَـٰبَكُمsizga yetsaсизга етсаمِّن-dan-данمُّصِيبَةٍۢmusibatdanмусибатданفَبِمَاbas, oʻsha narsadandirбас, ўша нарсадандирكَسَبَتْkasb qilganкасб қилганأَيْدِيكُمْoʻz qoʻllaringizўз қўлларингизوَيَعْفُوا۟va U afv qilurва У афв қилурعَن-dan-данكَثِيرٍۢkoʻpiniкўпини
TafsirТафсир

Yaʼni, insonga, xoh joniga, xoh moliga, xoh boshqa narsasiga biror musiybat yetsa, albatta, oʻzi qilgan gunohi sababli yetadi. Insonning oʻzidan oʻtmasa, unga biror musiybat yetmaydi. Lekin oʻta mehribon boʻlgan Alloh bandasini har bir gunohi uchun musiybatga duchor qilavermaydi, faqat baʼzisi uchungina musiybatga duchor qiladi, koʻpini kechirib yuboradi. Agar Alloh taolo insonni har bir aybi uchun musiybatga uchratadigan boʻlsa, inson darhol halokatga yuz tutar edi.

Imom Ibn Abu Hotim rivoyat qilgan hadisda Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam:

«Odam bolasini biror shox-shabba tirnashi, qoqilib ketishi ±ki tomiri tortishi ham faqat oʻzining gunohi tufayli boʻladi. Undan kechirib yuboriladigani juda koʻpdir», deganlar.

Demak, inson musiybatining kamroq boʻlishini istasa, gunohni kamroq qilishi kerak. Bu oddiy haqiqatni anglab olish qiyin emas. Hozirgi kunda insoniyat boshiga kela±tgan barcha musiybatlar iymonsizlikdan, gunohkorlikdandir.