QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ash-Shura surasi · Oyatсураси · Оят32

وَمِنْ ءَايَـٰتِهِ ٱلْجَوَارِ فِى ٱلْبَحْرِ كَٱلْأَعْلَـٰمِ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Dengizda tog`dek bo`lib suzib yurguvchi kemalar uning (qudrati) oyat(belgi)laridandir.Денгизда тоғдек бўлиб сузиб юргувчи кемалар унинг (қудрати) оят(белги)ларидандир.Alauddin Mansour: Dengiz-daryolardagi togʻlar yangligʻ suzib yurgan (kema)lar ham Uning (qudrati ilohiyasiga dalolat qiladigan) oyat-alomatlaridandir.Денгиз-дарёлардаги тоғлар янглиғ сузиб юрган (кема)лар ҳам Унинг (қудрати илоҳиясига далолат қиладиган) оят-аломатларидандир.

487-sahifa · 25-juz · 49-hizb487-саҳифа · 25-жуз · 49-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَمِنْva -dandirва -дандирءَايَـٰتِهِU zotning oyat-belgilariУ зотнинг оят-белгилариٱلْجَوَارِsuzib yurguvchi kemalarсузиб юргувчи кемаларفِى-da-даٱلْبَحْرِdengizdaденгиздаكَٱلْأَعْلَـٰمِtogʻlardekтоғлардек
TafsirТафсир

Inson ibrat koʻzi bilan qarasa, dengizda togʻdek boʻlib viqor bilan suzib yurgan kemada Alloh taoloning cheksiz qudratiga belgi bordir. Kema suzib yuradigan suvni kim yaratdi? Dun±dagi dengizlarni kim yaratdi? Suvga kemani koʻtarish qobiliyatini kim berdi? Kemani yasashda ishlatiladigan moddalarni kim yaratdi? Oʻsha moddalarni kim suvda choʻkmaydigan qilib qoʻydi? Kemani yasagan insonni kim yaratdi? Oʻsha insonga kim aql-zakavot, kuch- qudrat berdi? Bu va shunga oʻxshash savollarning hammasiga faqat «Alloh!» degan javob boʻladi, xolos. Shuningdek, ushbu oyatlar tushib turgan paytda kemalarni harakatga keltiruvchi asosiy kuch boʻlgan shamolni paydo qilgan va harakatga keltirgan zot ham Allohdir.