إِن يَشَأْ يُسْكِنِ ٱلرِّيحَ فَيَظْلَلْنَ رَوَاكِدَ عَلَىٰ ظَهْرِهِۦٓ ۚ إِنَّ فِى ذَٰلِكَ لَـَٔايَـٰتٍ لِّكُلِّ صَبَّارٍ شَكُورٍ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Agar U zot xohlasa, shamolni to`xtatib qo`yur. Bas, u (kema)lar u(dengiz)ning ustida turib qolurlar. Albatta, ana shunda har bir sabr qiluvchi va shukr qilguvchi uchun oyat(belgi)lar bordir.Агар У зот хоҳласа, шамолни тўхтатиб қўюр. Бас, у (кема)лар у(денгиз)нинг устида туриб қолурлар. Албатта, ана шунда ҳар бир сабр қилувчи ва шукр қилгувчи учун оят(белги)лар бордир.Alauddin Mansour: Agar (Alloh) xohlasa shamolni toʻxtatib qoʻyur, bas, ular (dengiz) ustida (hech qayoqqa suzolmay) turib qolurlar — Albatta bunda har bir (baloga) sabr qilguvchi, (Allohning neʼmatlariga) shukr qilguvchi uchun oyat-ibratlar bordir.Агар (Аллоҳ) хоҳласа шамолни тўхтатиб қўюр, бас, улар (денгиз) устида (ҳеч қаёққа сузолмай) туриб қолурлар — Албатта бунда ҳар бир (балога) сабр қилгувчи, (Аллоҳнинг неъматларига) шукр қилгувчи учун оят-ибратлар бордир.
Dengizda suzib yurgan kemalar Allohning belgisi ekanining haqiqatini anglab yetish uchun Alloh taolo oʻsha kemalarning suzib yurishlari uchun joriy qilib qoʻygan sabablardan bittaginasini ishlatmay qoʻyishining oʻzi kifoyadir. Ushbu oyati karimada ana oʻsha sabablardan biri haqida soʻz ketmoqda:
«Agar U zot xohlasa, shamolni toʻxtatib qoʻyur».
Kemaning dengizdagi harakati u zamonlarda koʻproq shamolga bogʻliq boʻlgan. Zotan, shamoldan foydalanish uchun ham yelkanlar oʻylab topilgan. Kemalarning dengizda suzib yurishi uchun kerakli boshqa sabablar qatori, shamolning ham asosiy egasi, harakatga keltiruvchisi Alloh taolodir. Agar Alloh shamolni toʻxtatib qoʻyishni xohlasa, boshqa barcha sabablari muhay± boʻlsa ham, kema harakatga kelmay turaveradi.
«Bas, u(kema)lar u(dengiz)ning ustida turib qolurlar.»
Suza olmaslar. Shuningdek, shamoldan boshqa sabablardan birini ham Alloh taolo oʻrtadan koʻtarsa, kema suza olmaydi.
«Albatta, ana shunda har bir sabr qilguvchi va shukr qilguvchi uchun oyat(belgi)lar bordir.»