أَوْ يُوبِقْهُنَّ بِمَا كَسَبُوا۟ وَيَعْفُ عَن كَثِيرٍ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Yoki u(kema)larni alarning kasbi tufayli halok qilur va U zot ko`pni afv qilur.Ёки у(кема)ларни аларнинг касби туфайли ҳалок қилур ва У зот кўпни афв қилур.Alauddin Mansour: Yoki (agar Alloh xohlasa qattiq boʻron yuborib, kemadagi odamlarning) qilgan gunohlari sababli u (kema)larni halok (gʻarq) qilur va koʻplarni (halokatdan qutqarib) afv etur.Ёки (агар Аллоҳ хоҳласа қаттиқ бўрон юбориб, кемадаги одамларнинг) қилган гуноҳлари сабабли у (кема)ларни ҳалок (ғарқ) қилур ва кўпларни (ҳалокатдан қутқариб) афв этур.
Hamma narsa Allohning xohishi ila boʻladi. Agar Alloh kemalarning suzishini xohlasa, ular dengizda togʻdek boʻlib viqor bilan suzib yuradi. Agar Alloh ularning suzmasligini xohlasa, biron sababni oʻrtadan koʻtaradi-da, kemalar suzmay turaveradi. Agar Alloh xohlasa, kemalar odamlarning kasb qilgan gunohlari tufayli halokatga uchraydi. Lekin Alloh taolo afv qiluvchi zot boʻlganidan koʻp ishlarni kechiradi. Shuning uchun ham, kemalar goh-gohida halokatga uchraydilar, xolos.