وَيَعْلَمَ ٱلَّذِينَ يُجَـٰدِلُونَ فِىٓ ءَايَـٰتِنَا مَا لَهُم مِّن مَّحِيصٍ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va Bizning oyatlarimiz haqida tortishadiganlar bilsinlarki, ular uchun hech bir qochar joy yo`qdir.Ва Бизнинг оятларимиз ҳақида тортишадиганлар билсинларки, улар учун ҳеч бир қочар жой йўқдир.Alauddin Mansour: (Toki) Bizning oyatlarimiz xususida talashib-tortishadigan kimsalar oʻzlari uchun (Allohning azobidan) biron qochib qutuladigan joy yoʻq ekanligini bilib olsinlar!(Токи) Бизнинг оятларимиз хусусида талашиб-тортишадиган кимсалар ўзлари учун (Аллоҳнинг азобидан) бирон қочиб қутуладиган жой йўқ эканлигини билиб олсинлар!
Allohning oyatlariga ishonmaydiganlar, ular haqida turli-tuman fikrlarni aytib talashib-tortishadiganlar uchun Allohning azobidan qochib qutuladigan hech bir joy yoʻq. Buni ular bilib qoʻysinlar.
Keyingi keladigan oyatlarda kishilarga bu dun± ha±tida berilgan narsalar hammasi oʻtkinchi matoh ekanligi, asosiy qadrqiymatli narsalar esa, oxiratda boʻlib, u narsalar faqat moʻmin kishilarga berilishi haqida soʻz ketadi va moʻminlarning asosiy sifatlaridan toʻqqiztasi zikr qilinadi: