فَمَآ أُوتِيتُم مِّن شَىْءٍ فَمَتَـٰعُ ٱلْحَيَوٰةِ ٱلدُّنْيَا ۖ وَمَا عِندَ ٱللَّهِ خَيْرٌ وَأَبْقَىٰ لِلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ وَعَلَىٰ رَبِّهِمْ يَتَوَكَّلُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Sizga berilgan narsalar dunyo hayotining matohi, xolos. Allohning huzuridagi yaxshi va boqiy narsalar esa, iymon keltirgan va Robbilariga tavakkal qilganlar uchundir.Сизга берилган нарсалар дунё ҳаётининг матоҳи, холос. Аллоҳнинг ҳузуридаги яхши ва боқий нарсалар эса, иймон келтирган ва Роббиларига таваккал қилганлар учундир.Alauddin Mansour: Bas, (ey insonlar), sizlarga ato etilgan bor narsa(lar) hayoti dunyo matosidir va iymon keltirgan hamda yolgʻiz Parvardigorlariga suyanadigan zotlar uchun Alloh huzuridagi narsalar (yaʼni, Oxirat neʼmatlari — dunyo matolaridan) yaxshiroq va boqiyroqdir.Бас, (эй инсонлар), сизларга ато этилган бор нарса(лар) ҳаёти дунё матосидир ва иймон келтирган ҳамда ёлғиз Парвардигорларига суянадиган зотлар учун Аллоҳ ҳузуридаги нарсалар (яъни, Охират неъматлари — дунё матоларидан) яхшироқ ва боқийроқдир.
Bandalar Alloh taoloning bu dun±da bergan neʼmatlarini hisoblayman desalar, hisobiga yeta olmaydilar. Lekin ushbu berilgan narsalar–xoh molu dun± boʻlsin, xoh mulku davlat boʻlsin, xoh nozu neʼmat boʻlsin, xoh obroʻ-eʼtibor boʻlsin–hammasi bu dun±ning matohi, oʻtkinchi hoyi-havas, xolos. Ularning haqiqiy qadr mezonida hech bir ogʻirligi, qiymati va boqiyligi yoʻq. Haqiqiy qadr-qiymatga, boqiylikka ega narsalar boshqa tomonda–oxiratda, Allohning huzuridadir. Allohning huzuridagi oʻsha narsalar esa, bu dun± matohiga oʻxshab hamma uchun emas.
«Allohning huzuridagi yaxshi va boqiy narsalar esa, iymon keltirgan va Robbilariga tavakkal qilganlar uchundir.»
Allohning huzuridagi yaxshi va boqiy, qadr-qiymatli narsalarga erishish uchun quyidagi sifatlarni oʻzida mujassam qilgan jamoaning aʼzosi boʻlish kerak:
Birinchisi: Iymonli boʻlish.
Iymon mazkur sifatlarning asli va asosidir. Iymon, umuman, dun±dagi barcha yaxshi sifatlarning asosidir. Agar iymon boʻlmasa, inson inson emas. Agar iymon boʻlmasa, boshqa hamma yaxshi sifatlarning zarracha ham foydasi boʻlmaydi. Iymon boʻlmasa, dun± va undagi narsalar toʻgʻri tushunilmaydi. Iymon boʻlmasa, dun± haqidagi tasavvur ham, undagi tasarruf ham umuman boshqacha boʻladi. Yaʼni, notoʻgʻri boʻladi. Shuning uchun, iymonsiz biror yaxshi ish qilib boʻlmaydi, qilinganda ham, asossiz, qandaydir gʻaraz bilan qilingan boʻlgani uchun savob hisobiga oʻtmaydi. Insonning dun± haqidagi, ha±t haqidagi tasavvuri va undagi tasarrufi faqat iymon bilan toʻgʻri boʻlishi mumkin. Shu sababdan, hamma narsaning haqiqatda yaxshi boʻlishi uchun iymon shartdir. Shu sababdan ham, Alloh taoloning huzuridagi yaxshi va boqiy narsalarga ega boʻlishga sazovor jamoaning eng bosh sifati oʻlaroq iymon zikr etilmoqda.
Ikkinchisi: Robbilariga tavakkal qilgan boʻlish.
Alloh huzuridagi yaxshi va boqiy narsalarga ega boʻlishga sazovor jamoaning iymondan keyingi ikkinchi sifati Robbilariga tavakkal qilishdir. Har bir narsada faqat Alloh taologa suyanishdir.
Bu esa, haqiqiy tavhiddir. Moʻmin-musulmon oʻzining fikrida ham, zikrida ham, tasavvurida ham, faqat Alloh taoloning oʻzigagina tavakkal qiladi–suyanadi. Uning Allohdan oʻzga hech bir suyanchigʻi yoʻqdir.
Biror narsada Allohdan boshqaga suyanish tavhidga zarar yetkazadi, shirkka olib keladi. Shuning uchun ham, barcha narsada faqat Allohga tavakkal qilish–suyanish iymondan keyingi eng muhim sifat hisoblanadi.
Allohning huzuridagi yaxshi va boqiy narsalar: