QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ash-Shura surasi · Oyatсураси · Оят37

وَٱلَّذِينَ يَجْتَنِبُونَ كَبَـٰٓئِرَ ٱلْإِثْمِ وَٱلْفَوَٰحِشَ وَإِذَا مَا غَضِبُوا۟ هُمْ يَغْفِرُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Katta gunohlar va fohisha ishlardan chetda bo`ladigan va g`azablangan vaqtda kechirib yuboradiganlar uchundir.Катта гуноҳлар ва фоҳиша ишлардан четда бўладиган ва ғазабланган вақтда кечириб юборадиганлар учундир.Alauddin Mansour: Ular katta gunohlardan va buzuqliklardan chetlanadigan, gʻazablangan vaqtlarida esa kechirib yuboradigan zotlardir.Улар катта гуноҳлардан ва бузуқликлардан четланадиган, ғазабланган вақтларида эса кечириб юборадиган зотлардир.

487-sahifa · 25-juz · 49-hizb487-саҳифа · 25-жуз · 49-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَٱلَّذِينَva ularва уларيَجْتَنِبُونَchetda boʻladiganчетда бўладиганكَبَـٰٓئِرَkattaкаттаٱلْإِثْمِgunohlardanгуноҳларданوَٱلْفَوَٰحِشَva fohisha ishlardanва фоҳиша ишларданوَإِذَاva qachonkiва қачонкиمَا(vaqtda)(вақтда)غَضِبُوا۟gʻazablanganlaridaғазабланганларидаهُمْularуларيَغْفِرُونَkechirib yuboradiganlarкечириб юборадиганлар
TafsirТафсир

Mazkur ulugʻ maqomga sazovor boʻladigan jamoa aʼzolarida boʻlishi shart qilingan sifatlarning

uchinchisi: «Katta gunohlar va fohisha ishlardan chetda...» boʻlish.

«Katta gunohlar» sharʼiy istilohda «gunohi kabiralar» deb atalishi, shirk, odam oʻldirish, ota-onaga oq boʻlish, zino, oʻgʻrilik, aroqxoʻrlik kabi bir qancha ogʻir gunohlardan iborat ekanligi oldingi sura va oyatlar tafsirida bir necha bor ba±n etildi. Ushbu oyatda esa, oxiratda faqat ayrim toifa bandalarga xos qilingan yaxshi va boqiy narsalarga erishtiruvchi sifatlardan biri oʻsha katta gunohlardan umuman chetda boʻlish, ularga yaqinlashmaslik ekanligi aytilmoqda. Ayni choqda, unday shaxs fohisha ishlarga ham yaqinlashmagan boʻlishi kerak. Ulamolarimiz, «fohisha ishlar» deganda shahvatga taalluqli gunohlar koʻzda tutiladi, deydilar. Fohisha ishlar ichida katta gunohlar qatoriga kiradigan zinokorlik va bachchabozlik kabilari ham bor, katta gunohlar qatoriga kirmaydiganlari ham bor.

Inson ikki dun±da ham oliy maqomga erishmoqchi boʻlsa, katta gunohlar va fohisha ishlardan chetda boʻlmogʻi lozim. Bunga esa, faqat iymon bilan erishib boʻladi. Faqat qalbi sof iymonga toʻla kishigina katta gunohlarni va fohisha ishlarni qilmaydi. Ana shunday sof iymonli musulmonlar, katta gunohlar va fohisha ishlardan chetda boʻlgan bandalargina Alloh huzuridagi yaxshi va boqiy narsalarga sohib boʻladilar.

Mazkur ulugʻ maqomga sazovor boʻladigan jamoa aʼzolarida boʻlishi shart qilingan sifatlarning

toʻrtinchisi: «...gʻazablangan vaqtda kechirib yuboradiganlar...» boʻlish.

Yaʼni, biror kishi gʻazabini chiqarsa, kechirib yubora oladigan darajada halim boʻlish. Gʻazab chiqqan vaqtda uni ichiga yutib, oʻsha gʻazab chiqishiga sababchi odamni kechirib yuborish oliy darajadagi axloq doirasiga kiradi. Lekin bu degani, umuman gʻazab qilmaslik kerak, degani emas. Baʼzi holatlarda gʻazabga kelish hatto vojib boʻladi, oliyjanoblik hisoblanadi. Oyati karimada «gʻazablangan vaqtda» deyilayotganining oʻzidanoq bilsa boʻladiki, Islomda insondagi mavjud sifatlar inkor etilmaydi, ularni yoʻqqa chiqarishga urinilmaydi, balki ularni tartibga solib, yaxshilikka yoʻnaltiriladi, xolos. Islom insonni nafsi uchun behuda gʻazablanishdan qaytaradi, gʻazabini yutishni madh etadi, lekin shu bilan bir qatorda, Alloh uchun, dinu di±nat uchun, nomus uchun gʻazablanishni vojib qiladi. Demak, hamma narsa, jumladan, gʻazab ham, hilm ham oʻrnida boʻlishi kerak. Shoir aytganidek, «Nooʻrin halimlik jaholatdir».

Alloh huzuridagi yaxshi va boqiy narsalar yana: