وَٱلَّذِينَ ٱسْتَجَابُوا۟ لِرَبِّهِمْ وَأَقَامُوا۟ ٱلصَّلَوٰةَ وَأَمْرُهُمْ شُورَىٰ بَيْنَهُمْ وَمِمَّا رَزَقْنَـٰهُمْ يُنفِقُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Robbilariga ijobat qilgan, namozni to`kis ado etgan, ishlari o`zaro shuuro ila bo`lgan va ularga rizq qilib bergan narsalarimizdan infoq qiladiganlar uchundir.Роббиларига ижобат қилган, намозни тўкис адо этган, ишлари ўзаро шууро ила бўлган ва уларга ризқ қилиб берган нарсаларимиздан инфоқ қиладиганлар учундир.Alauddin Mansour: Ular Parvardigorlariga ijobat-itoat etgan va namozni toʻkis ado qilgan zotlardir. Ularning ishlari (mudom) oʻzaro shoʻro-maslahat (bilan) boʻlur va Biz ularni rizqlantirgan narsalardan infoq-ehson qilurlar.Улар Парвардигорларига ижобат-итоат этган ва намозни тўкис адо қилган зотлардир. Уларнинг ишлари (мудом) ўзаро шўро-маслаҳат (билан) бўлур ва Биз уларни ризқлантирган нарсалардан инфоқ-эҳсон қилурлар.
Mazkur ulugʻ maqomga sazovor boʻladigan musulmon jamoa aʼzolarida boʻlishi shart qilingan sifatlarning
beshinchisi:
«Robbilariga ijobat qilgan» boʻlishdir.
Yaʼni, Alloh taolo tomonidan boʻlgan har bir chaqiriqqa «labbay» deb javob beradigan boʻlishdir. Unday kishilarni hech bir narsa Allohning chaqirigʻidan toʻsmaydi. Ular doimo Allohning chaqirigʻiga ijobiy javob berib yashaydilar. Allohning chaqirigʻiga ijobat qilishni oʻz burchlari va shonu sharaflari deb biladilar.
Oltinchisi:
«Namozni toʻkis ado etgan» boʻlishdir.
Chala ado etsa ±ki nuqson bilan ado etsa ham, boʻlmaydi. Chunki, namoz Islom dinining ustunidir. Ustunsiz imorat boʻlmaganidek, namozsiz musulmonchilik ham boʻlmaydi. Islom binosining iymondan keyingi ikkinchi ustuni «namoz» deb atalmish ulugʻ ibodatdir. Namoz Allohning chaqirigʻiga kuniga besh marta javob berishdir. Namoz barcha bandalarni Alloh huzurida tenglashtiradigan ibodatdir. Ular, kim boʻlishlaridan qatʼinazar, bir xil suvda tahorat qiladilar, bir qiblaga yuz oʻgiradilar, bir xil qi±m, bir xil rukuʼ, bir xil sajda qiladilar, bir xil sura va duolarni oʻqiydilar. Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam: «Namoz biz bilan boshqalar orasidagi farqdir», deganlar. Ha, namoz musulmonni musulmon emasdan ajratib turadigan farqdir. Namoz musulmon jamoaning asosiy siymosidir.
Yettinchisi:
«Ishlari oʻzaro shuuro ila boʻlgan» boʻlishidir.
«Shuuro» lugʻatda maslahat, mashvarat qilish maʼnolarini anglatadi. Islomda moʻmin-musulmonlarning shoʻro bilan ish yuritishlariga katta eʼtibor berilganini biz oʻrgana±tgan ushbu surai karimaning «Shuuro»(«Shoʻro») nomi bilan atalishidan ham bilib olsak boʻladi. Musulmon inson Alloh taoloning chaqiriqlariga har doim labbay deb javob berishi, namozni oʻz vaqtida toʻkis ado qilishi qanday lozim boʻlsa, shoʻro bilan ish tutishi ham shunchalik lozim ekanini tushunib olamiz.
Ha, shoʻro musulmon jamoa ha±tida muhim ahamiyat kasb etadigan omildir. Buni hamma musulmonlar, ayniqsa, davlat boshliqlari hamda turli xalqchil amal va mansabni egallab turganlar yaxshi tushunmoqlari, kim boʻlishlaridan qatʼinazar, shoʻroga amal qilmoqlari lozim. Alloh taolo Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamni shoʻroga buyurganidan keyin, boshqalar shundan xulosa chiqarib olaversin. Insoniyat tarixida eng komil inson Paygʻambarimiz Hazrati Muhammad sollallohu alayhi vasallamdirlar. Alloh taolo u kishini maʼsum (gunoh va xato qilmaydigan) qilib qoʻygan, Islom davlatini qanday boshqarishni Qurʼon tushirib oʻrgatib turgan boʻlishiga qaramasdan, «Oli Imron» surasida u zoti bobarakot sollallohu alayhi vasallamga xitob qilib: «Va ular ila mashvarat qil, Albatta, Alloh tavakkal qilguvchilarni sevadi», deydi. Yaʼni, sahobalar bilan maslahatlashib ish tutishni amr qiladi.
Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam ushbu oyatga amal qilib koʻp ishlarda sahobai kiromlar bilan maslahatlashar va ularning foydali fikrlarini ochiq koʻngil bilan qabul qilib olar edilar. Tushunarli boʻlishi uchun misollar keltiraylik.
Mushriklarning koʻp sonli lashkarlari Madiynai Munavvaraga bostirib kela±tgani haqida xabar yetganidan keyin, Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam sahobalarni toʻplab shoʻro majlisi qildilar. Mushriklarning bu hujumiga qarshi qanday chora koʻrish lozimligi masalasini oʻrtaga qoʻydilar. Shunda Salmoni Forsiy roziyallohu anhu arablarda odat boʻlmagan ishni–shahar atrofiga xandaq qazib dushman hujumidan himoyalanishni maslahat berdi. Bu maslahat maʼqul keldi. Sahobalar Rasululloh sollallohu alayhi vasallam boshchiliklarida Madiynai Munavvara atrofida xandaq qazidilar. Bu ish dushman ustidan gʻalaba qozonishning asosiy omillaridan biri boʻldi.
Baʼzi vaqtlarda sahobai kiromlar erkinlik bilan turli maslahatlar berishar edi. Misol uchun, Badr urushidan oldin Paygʻambarimiz alayhissalom boshliq musulmonlar Badrdagi suvli joyga yaqinlashib manzil qurdilar. Shunda sahobalardan Xabbob ibn al-Munzir roziyallohu anhu Paygʻambarimizdan:
«Ey, Allohning rasuli, bu joyga Allohning amri ila tushdingizmi ±ki fikr ila, urush tadbiri sifatidami?»–deb soʻradi. Rasuli Akram sollallohu alayhi vasallam:
«Fikr ila, urush tadbiri sifatida», deb javob qildilar.
«Unday boʻlsa,–dedi Xabbob ibn al-Munzir roziyallohu anhu, – ey, Allohning rasuli, bu joy munosib emas, odamlarni oldinga olib oʻting, suvdan oʻtib tushaylik. U yerda hovuz quramiz. Unga suv toʻlgʻizamiz. Soʻngra urushga kiramiz. Biz suv icha olamiz, ular icha olmaydilar».
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bu maslahatga amal qildilar. Bu esa, oʻz navbatida, musulmonlarga juda ham katta foyda keltirdi.
Shoʻroga amal qilish hech qachon zarar keltirmagan. Hatto, islomiy qoida boʻlgan shoʻroga amal qilgan nomusulmonlar ham buning foydasidan bahramand boʻladilar. Musulmonlar uchun esa, shoʻro dinlari vojib qilgan amaldir, Alloh huzuridagi yaxshi va boqiy narsaga erishishlari uchun zarur sifatlardan biridir. Shoʻroni qay shaklda va qaysi uslubda olib borish aniq tayin qilinmaganligi uni qanday tashkil qilish musulmonlar ixti±riga tashlab qoʻyilganini bildiradi. Musulmonlar jamoasi shoʻroni oʻz sharoitlariga, imkoniyatlariga va boshqa omillarga qarab munosib ravishda tashkil qilib oladilar.
Mazkur ulugʻ maqomga sazovor boʻladigan musulmon jamoasi aʼzolarida boʻlishi shart qilingan sifatlarning
sakkizinchisi:
«...ularga rizq qilib bergan narsalarimizdan infoq qiladiganlar» dan boʻlishdir.
Alloh taolo bergan molu mulkdan Alloh yoʻlida, dinu di±nat yoʻlida infoq qilish ham eng muhim sifatlardan biridir. Chunki, Islom yoʻlida, iymon yoʻlida jonni fido qilish, kuch-quvvat, ilm-zakovotni fido etish qanchalik zarur boʻlsa, kezi kelganda molu dun±ni infoq qilish ham shunchalik zarur boʻladi. Har bir musulmon bunday infoqqa doimo tay±r turishi, oʻrni kelganda hech ikkilanmay, baʼzan shaxsiy manfaatlardan kechib boʻlsa-da, infoq qilishi lozim.
Toʻqqizinchisi:
Alloh huzuridagi yaxshi va boqiy narsalar