وَجَزَٰٓؤُا۟ سَيِّئَةٍ سَيِّئَةٌ مِّثْلُهَا ۖ فَمَنْ عَفَا وَأَصْلَحَ فَأَجْرُهُۥ عَلَى ٱللَّهِ ۚ إِنَّهُۥ لَا يُحِبُّ ٱلظَّـٰلِمِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: O`monlikning jazosi o`z mislidek yomonlikdir. Kim afv etib isloh qilsa, uning ajri Allohning zimmasidadir. Albatta, U zot zolimlarni sevmas.Ўмонликнинг жазоси ўз мислидек ёмонликдир. Ким афв этиб ислоҳ қилса, унинг ажри Аллоҳнинг зиммасидадир. Албатта, У зот золимларни севмас.Alauddin Mansour: (Har qanday) yomonlikning jazosi xuddi oʻziga oʻxshagan yomonlikdir (yaʼni, har bir yomonlikning oʻziga yarasha jazosi bordir). Endi kim (intiqom olishga qodir boʻlgani holda) afv qilib (oʻrtani) tuzatsa, bas, uning ajri Allohning zimmasidadir. Albatta U zulm qilguvchilarni sevmas.(Ҳар қандай) ёмонликнинг жазоси худди ўзига ўхшаган ёмонликдир (яъни, ҳар бир ёмонликнинг ўзига яраша жазоси бордир). Энди ким (интиқом олишга қодир бўлгани ҳолда) афв қилиб (ўртани) тузатса, бас, унинг ажри Аллоҳнинг зиммасидадир. Албатта У зулм қилгувчиларни севмас.
Adolat yuzasidan ish tutish Islomning barcha ishlarida aksini topgan. Hatto, oʻziga nisbatan qilingan zulm uchun oʻch olishda va oʻzini himoya qilishda ham adolatli ish tutish joriy qilingan.
«Oʻmonlikning jazosi oʻz mislidek ±monlikdir.»
Yaʼni, musulmon kishiga biror dushmanlik yetsa, xuddi oʻsha miqdor va shaklda javob qaytarish kerak boʻladi. Undan orttirmaslik lozim. Chunki, ±monlik oʻz oʻrnida qaytarilmasa, avj olib ketadi. Yomonligiga jim qarab turilganini koʻrgan ±mon kimsa andishaning otini qoʻrqoq qoʻyib, yana ham koʻproq ±monlik qilishga oʻtadi.
Ammo, ±monlikni oʻz oʻrnida qaytarishga qodir boʻlaturib, oʻsha umumiy qoidadan istisno tariqasida:
«Kim afv etib isloh qilsa, uning ajri Allohning zimmasidadir».
Afv etish tajovuzkorni jazolash imkoniga ega boʻlaturib, bagʻrikenglik ila kechirib yuborgan odam tomonidan boʻladi. Kim zolimdan oʻch olishga qodir boʻlaturib, uni afv etsa, soʻngra zolimni isloh qilishga urinsa, unga Alloh taoloning huzurida ajru savoblar boʻladi. Mazlum undan oʻch olishga qodir boʻlaturib, ammo unga oʻxshab pastkashlik qilmay, aksincha, oliyjanoblarcha kechirib yuborganini koʻrgan zolim xijolat boʻladi va oʻzini oʻnglashga harakat qiladi.
«Albatta, U zot zolimlarni sevmas.»
Demak, zolim shundoq ham Allohning gʻazabiga uchraydi. Zulmi uchun Alloh taoloning Oʻzidan jazo oladi. Agar fazilat yoʻlini tutmay, umumiy qoidaga amal qilib, zolimga oʻz ±monligi mislida javob qaytarish oʻrniga, undan oshirib yuborilsa ham, zulm boʻladi. Buni ham Alloh suymaydi. Ushbu jumla ikki tomonni ham zulmdan qaytarmoqda.