وَمَن يَعْشُ عَن ذِكْرِ ٱلرَّحْمَـٰنِ نُقَيِّضْ لَهُۥ شَيْطَـٰنًا فَهُوَ لَهُۥ قَرِينٌ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Kim Rohmanning eslatmasidan shabko`r bo`lib olsa, Biz unga shaytonni yaqin qilib qo`yurmiz, bas, u unga doimiy hamroh bo`lur.Ким Роҳманнинг эслатмасидан шабкўр бўлиб олса, Биз унга шайтонни яқин қилиб қўюрмиз, бас, у унга доимий ҳамроҳ бўлур.Alauddin Mansour: Kim Rahmon eslatmasidan (yaʼni, Qurʼon pand-nasihatlaridan) koʻr boʻlib olsa — yuz oʻgirsa, Biz unga shaytonni yaqin qilib qoʻyurmiz, bas, u oʻsha (kofirga doimiy) hamroh boʻlur.Ким Раҳмон эслатмасидан (яъни, Қуръон панд-насиҳатларидан) кўр бўлиб олса — юз ўгирса, Биз унга шайтонни яқин қилиб қўюрмиз, бас, у ўша (кофирга доимий) ҳамроҳ бўлур.
«Shabkoʻrlik» kunduzi koʻrib, kechasi koʻrmay qolish kasalidir. Biz «shabkoʻr» deb tarjima qilgan soʻz arabchada «yaʼshu» deyilib, bu soʻz baʼzida koʻrib, baʼzan koʻrmay qoladigan kasalga ishlatiladi. Oyatdagi
«Rohmanning eslatmasi»dan maqsad esa, Qurʼon va Islomdir. Ushbu oyat taʼkidlamoqdaki, baʼzi odamlar Qurʼonga va Islomga nisbatan shabkoʻr boʻladilar. Boshqa narsalarni koʻrib, farqlab, tushunib, kerakli muomalasini qilaveradilar, ammo Qurʼonga kelganda, Islomga kelganda, koʻrmaydigan, eshitmaydigan, tushunmaydigan boʻlib oladilar. Ularning bu soxta kasalliklari oʻzlariga zarar keltiradi.
«Kim Rohmanning eslatmasidan shabkoʻr boʻlib olsa, Biz unga shaytonni yaqin qilib qoʻyurmiz, bas, u unga doimiy hamroh boʻlur.»
Kim Allohning zikridan va eslatmasidan gʻofil qolsa, oʻzini bilmaganga, koʻrmaganga solsa, uni shayton minib oladi. Unday odamning eng yaqin doʻsti shayton boʻladi. Shayton undan hech ajralmaydi, doimo vasvasaga solib yuradi. Bu hol esa, eng yomon oqibatga olib keladi.