حَتَّىٰٓ إِذَا جَآءَنَا قَالَ يَـٰلَيْتَ بَيْنِى وَبَيْنَكَ بُعْدَ ٱلْمَشْرِقَيْنِ فَبِئْسَ ٱلْقَرِينُ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Toki, huzurimizga kelganda: «Qani endi men bilan sening orang mag`rib ila mashriqchalik uzoq bo`lsa edi. Bas, sen naqadar yomon hamrohsan», der.Токи, ҳузуримизга келганда: «Қани энди мен билан сенинг оранг мағриб ила машриқчалик узоқ бўлса эди. Бас, сен нақадар ёмон ҳамроҳсан», дер.Alauddin Mansour: To qachon Bizning huzurimizga kelgach, (oʻzini Toʻgʻri Yoʻldan ozdirgan shaytonga qarab): «Orzu edi, men bilan sening oʻrtang Sharqu Gʻarbning oʻrtasidagi masofa (kabi yiroq) boʻlsa. Bas, (sen) naqadar yomon hamrohdirsan», der.То қачон Бизнинг ҳузуримизга келгач, (ўзини Тўғри Йўлдан оздирган шайтонга қараб): «Орзу эди, мен билан сенинг ўртанг Шарқу Ғарбнинг ўртасидаги масофа (каби йироқ) бўлса. Бас, (сен) нақадар ёмон ҳамроҳдирсан», дер.
Allohning zikridan shabkoʻr boʻlib olgan gʻofil gʻaflatida yura- yura, bir kuni qiyomat qoim boʻlib:
«huzurimizga kelganda», ahvolni koʻradi, haqiqatni anglaydi va hamma balo shayton bilan yaqinligi natijasi ekanligini tushunib yetadi. Shunda shaytonga qarab:
«Qani endi, men bilan sening orang magʻrib ila mashriqchalik uzoq boʻlsa edi»,
senga yoʻliqmagan, seni umuman koʻrmagan boʻlsam edi,
«Bas, sen naqadar yomon hamrohsan», der».
Ammo bu afsus-nadomatlar foyda bermaydi. Endi qiyomat qoim boʻldi. Fursat oʻtdi. Fursat oʻtgandan keyin qilingan afsusu nadomatdan manfaat yoʻq.
Ey, kofirlar, ey, Rohmanning zikridan shabkoʻr boʻlib olganlar!