وَلَن يَنفَعَكُمُ ٱلْيَوْمَ إِذ ظَّلَمْتُمْ أَنَّكُمْ فِى ٱلْعَذَابِ مُشْتَرِكُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Zulm qilganingiz uchun bugungi kunda azobga sherik bo`lishingiz ham hech foyda bermas.Зулм қилганингиз учун бугунги кунда азобга шерик бўлишингиз ҳам ҳеч фойда бермас.Alauddin Mansour: (Ey kofirlar va ularni Toʻgʻri Yoʻldan ozdirgan peshvolari, hayoti dunyoda kufr yoʻlini tanlash bilan oʻzlaringizga) zulm qilganlaringiz sababli bu Kun sizlarga azobda sherik ekanliklaringiz hargiz foyda bermas (yaʼni, azobni qattiqligidan har biringiz oʻzingiz bilan ovora boʻlib, sheriklaringizga hamdardlik bildirib, azoblarini yengillata olmassizlar)!(Эй кофирлар ва уларни Тўғри Йўлдан оздирган пешволари, ҳаёти дунёда куфр йўлини танлаш билан ўзларингизга) зулм қилганларингиз сабабли бу Кун сизларга азобда шерик эканликларингиз ҳаргиз фойда бермас (яъни, азобни қаттиқлигидан ҳар бирингиз ўзингиз билан овора бўлиб, шерикларингизга ҳамдардлик билдириб, азобларини енгиллата олмассизлар)!
Odatda, boshiga kulfat tushganlar soni qancha koʻp boʻlsa, oʻsha kulfat gʻami shuncha yengillashadi. Musiybatzada odamlar bir-birlarini koʻrib, oʻzlariga tasalli oladi, koʻpga kelgan toʻy ekan, bitta men emas, boshqalarning ham boshiga tushibdi, deb oʻz dardini yengillashtiradi. Ammo oxirat kuni shaytonlar bilan ularga ergashganlar azobda sherik boʻlsalar ham, azoblari hech yengillashmas ekan. Oxiratning azobi shunchalik ogʻir ekan.
Kofirlarning qiyomat kuni azobini qanday totishi taʼriflanib turilib, Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamga xitob qilinadi, u zot sollallohu alayhi vasallamga tasalli beriladi.
Ey Muhammad!