أَفَأَنتَ تُسْمِعُ ٱلصُّمَّ أَوْ تَهْدِى ٱلْعُمْىَ وَمَن كَانَ فِى ضَلَـٰلٍ مُّبِينٍ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Sen karlarga eshittira olarmiding yoki ko`rlarni va ochiq-oydin zalolatda bo`lgan kimsalarni hidoyatga sola olarmiding?!Сен карларга эшиттира олармидинг ёки кўрларни ва очиқ-ойдин залолатда бўлган кимсаларни ҳидоятга сола олармидинг?!Alauddin Mansour: Bas, (ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), siz karlarga eshittira olurmisiz, yo koʻrlar va ochiq zalolatda boʻlgan kimsalarni hidoyat qila olurmisiz?Бас, (эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), сиз карларга эшиттира олурмисиз, ё кўрлар ва очиқ залолатда бўлган кимсаларни ҳидоят қила олурмисиз?
Ushbu oyatda Alloh taolo kofir va mushriklarni koʻru kar deb eʼlon qilmoqda. Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamga tasalli berib, asli koʻr yo kar odamga biror narsani koʻrsatish yo eshittirish amri mahol boʻlganidek, qalb koʻzi koʻr yo kar kimsalarga ham hidoyat yoʻlini koʻrsatish yo eshittirish mahol ish ekanini aytmoqda. Qurʼoni Karimda Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamga bu xil tasalli juda koʻp takrorlangan. Bu bilan kishilarning hidoyat topishi yoki zalolatga ketishi faqat Allohning xohishiga bogʻliqligi, Paygʻambarning bu ishga daxli yoʻqligi uqtiriladi. Paygʻambarning vazifasi faqat yetkazish ekanligi taʼkidlanadi.
Paygʻambar dastlab ilohiy daʼvatni yetkazgan paytida baʼzilar unga quloq osadi, baʼzilar eshitmaydi. Paygʻambar eshitganlarga daʼvatni davom ettiradi, ularga hidoyat yoʻlini koʻrsatadi. Ammo kim Paygʻambarning daʼvatlariga quloq solmasa, u maʼnaviy kar boʻladi, unga bir narsani eshittirib boʻlmaydi. Unday odam maʼnaviy koʻr boʻladi, unga hidoyat yoʻlini koʻrsatib boʻlmaydi.
Shuning uchun, Paygʻambarimiz Hazrati Muhammad sollallohu alayhi vasallam ham daʼvatga quloq solmayotgan, undan yuz oʻgirayotgan kishilar haqida koʻp oʻylab, tashvish qilib, oʻzlarini ortiqcha qiynamasinlar. Ular bilan Alloh taoloning Oʻzi hisob-kitob qiladi. Bu maʼno quyidagi ikki oyatda bayon qilinadi: