وَلَوْ نَشَآءُ لَجَعَلْنَا مِنكُم مَّلَـٰٓئِكَةً فِى ٱلْأَرْضِ يَخْلُفُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Agar xohlasak, o`rningizga yer yuzida xalifa bo`ladigan farishtalar qilib qo`yar edik.Агар хоҳласак, ўрнингизга ер юзида халифа бўладиган фаришталар қилиб қўяр эдик.Alauddin Mansour: Agar xohlaganimizda, albatta sizlarning oʻrningizga Yerda xalifa boʻladigan farishtalarni (paydo) qilgan boʻlar edik.Агар хоҳлаганимизда, албатта сизларнинг ўрнингизга Ерда халифа бўладиган фаришталарни (пайдо) қилган бўлар эдик.
Koʻpgina tafsirchilarimiz ushbu oyatdan quyidagicha maʼno chiqarganlar. Yaʼni, bu dunyoyu u dunyoda yaratish ishi yolgʻiz Alloh taoloning ixtiyorida. U zot nimani xohlasa, shuni yaratadi. Bu ishga hech kim aralasha olmaydi. Shu jumladan, Alloh Oʻzi yaratgan farishtalar ham, mushriklar ham aralasha olmaydi. Farishtalar ham Alloh yaratgan maxluqlardir. Agar Alloh taolo xohlasa, yer yuzida mushriklar oʻrniga xalifa qilib farishtalarni yoki aksincha, odamlardan farishtalar yaratishi ham mumkin.
Soʻngra Iyso alayhissalom haqidagi haqiqiy maʼlumotlar bayoni davom etadi: