QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Az-Zukhruf surasi · Oyatсураси · Оят61

وَإِنَّهُۥ لَعِلْمٌ لِّلسَّاعَةِ فَلَا تَمْتَرُنَّ بِهَا وَٱتَّبِعُونِ ۚ هَـٰذَا صِرَٰطٌ مُّسْتَقِيمٌ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Albatta, u (Iyso) soat(qiyomat) ilmi(belgisi)dir. Bas, siz u (qiyomat) haqida hech shubha qilmang va menga ergashing. Mana shu to`g`ri yo`ldir.Албатта, у (Ийсо) соат(қиёмат) илми(белгиси)дир. Бас, сиз у (қиёмат) ҳақида ҳеч шубҳа қилманг ва менга эргашинг. Мана шу тўғри йўлдир.Alauddin Mansour: Albatta (Iyso Qiyomat) soati haqidagi bilim-alomatdir. Bas, sizlar u (soat) haqida hargiz shak-shubha qilmangiz! (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom, Makka ahliga ayting): «Menga ergashinglar! Mana shu Toʻgʻri Yoʻldir».Албатта (Ийсо Қиёмат) соати ҳақидаги билим-аломатдир. Бас, сизлар у (соат) ҳақида ҳаргиз шак-шубҳа қилмангиз! (Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом, Макка аҳлига айтинг): «Менга эргашинглар! Мана шу Тўғри Йўлдир».

494-sahifa · 25-juz · 50-hizb494-саҳифа · 25-жуз · 50-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَإِنَّهُۥva albatta, uва албатта, уلَعِلْمٌۭalbatta, ilm-belgidirалбатта, илм-белгидирلِّلسَّاعَةِqiyomat soati uchunқиёмат соати учунفَلَاbas, emasбас, эмасتَمْتَرُنَّhargiz shubha qilmangҳаргиз шубҳа қилмангبِهَاu haqidaу ҳақидаوَٱتَّبِعُونِ ۚva Menga ergashingва Менга эргашингهَـٰذَاmana shuмана шуصِرَٰطٌۭyoʻldirйўлдирمُّسْتَقِيمٌۭtoʻgʻriтўғри
TafsirТафсир

Ushbu oyati karima Iyso alayhissalomning qiyomat kuni yaqinlashganda tushishlariga dalildir.

«Albatta, u (Iyso) soat(qiyomat) ilmi(belgisi)dir.»

Yaʼni, vaqti kelib, Iyso qiyomat kunining belgisi boʻladi. Uning qayta tushishidan qiyomat juda ham yaqin qolgani bilib olinadi. Bu oyati karimaning maʼnosini Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamdan kelgan koʻplab hadisi shariflar tasdiqlagan.

Imom Buxoriy, imom Muslim, imom Molik va imom Abu Dovud hazrati Abu Hurayradan rivoyat qilgan hadisda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam quyidagilarni aytadilar: «Jonim qoʻlida boʻlgan Zot bilan qasamki, ichingizga Ibn Maryam odil hakam boʻlib tushishi yaqindir. Bas, u xochni sindiradi, choʻchqani oʻldiradi, jizyani joriy qiladi, molu dunyoni toshirib yuborganidan, uni birov olmay qoʻyadi. Hattoki, bir sajda butun dunyodan va undagi narsalardan yaxshi boʻlib qoladi».

Imom Muslim Jobir roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda esa, Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam quyidagilarni aytadilar:

«Mening ummatimdan bir toifa to qiyomat kunigacha haq uchun ustun boʻlib jang qiladilar. Bas, Iyso ibn Maryam tushadi. Ularning amiri unga:

«Kel, bizga namozga oʻt», deydi. U:

«Yoʻq. Sizlar baʼzingiz baʼzingizga amirsiz. Bu, Allohning ushbu ummatga koʻrsatgan hurmatidir», deydi».

Iyso alayhissalomning qaytib tushishlari gʻaybiy eʼtiqod masalalari doirasiga kiradi. Bunga ushbu oyatda ishora bor, shuningdek, Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamning hadislarida ham uning bayoni kelgan. Shu ikki masdardan boshqa hujjatga eʼtiqod qilib boʻlmaydi.

«Bas, siz u (qiyomat) haqida hech shubha qilmang...»

Albatta, u boʻladi.

«...va menga ergashing.»

Bu gap Muhammad sollallohu alayhi vasallamning tillaridan aytilayotgan gapdir.

«Mana shu, toʻgʻri yoʻldir.»

Yaʼni, qiyomat kuni haqida hech shubhalanmasdan Muhammad sollallohu alayhi vasallamga ergashish eng toʻgʻri yoʻldir. Bundan boshqa toʻgʻri yoʻl yoʻq.